Yetakchi yoshlar uchun Misrda boʻlib oʻtadigan “World Youth Forum”da bepul ishtirok etish imkoniyati. Barcha xarajatlar moliyalashtiriladi

Yetakchi yoshlar uchun Misrda boʻlib oʻtadigan “World Youth Forum”da bepul ishtirok etish imkoniyati. Barcha xarajatlar moliyalashtiriladi

  • 10/11/2021 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Birlashgan Arab Amirliklari Davlat
  • 15.12.2021 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Maktab o'quvchilari (yuqori sinflar), O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

World Youth Forum, yaʼni Butunjahon yoshlar forumi oʻzining shaxsiy fikriga ega, global va mahalliy muammolarga befarq boʻlmagan, kuchli yetakchilik qobiliyatiga ega boʻlgan butunjahon yoshlari uchun tashkil etilgan. Ushbu Forum butun dunyoda tinchlik, farovonlik, totuvlikni mustahkamlash maqsadida dunyoning turli burchaklaridan kelgan yoshlarni bir joyda birlashtiradi, qolaversa, ularga oʻzaro fikr almashish, muammolarga toʻgʻri yechim topish imkonini beradi. Shu bilan birga, Forum eng yaxshi siyosatchilar bilan muloqot qilish, yer yuzimizni yashash uchun yanada yaxshiroq joyga aylantirishga qaror qilgan istiqbolli yoshlar bilan muloqot qilish imkoniyatidir.

Tanlov soʻnggi 3 yil davomida butun dunyo yoshlari ishtiroki bilan ijobiy tarzda oʻtkazilib kelinmoqda va turli davlatlarning millionlab yetakchi yoshlari oʻzlarining muammolarni hal qilish, toʻgʻri qaror qabul qilish kabi salohiyatlarini oshirish bilan birga taniqli siyosatchilar va tajribali ekspertlar bilan suhbat qurish, ular bilan oʻzaro aloqalarni yoʻlga qoʻyish imkoniyatiga ega boʻlishdi.

Dasturga qabul qilinganlar 2022-yil 10-yanvardan 13-yanvargacha Misrning Al Shayx shahrida boʻlib oʻtadigan ushbu forumda ishtirok etadilar.

World Youth Forumining navbatdagi 4-mavsumida ishtirokchilar quyidagi mavzular doirasida suhbat olib boradilar:

  • Utmost importance to the global youth community guided by Peace - Global yoshlar hamjamiyatida tinchlikning ahamiyati;
  • Aspiring for Development through Creativity - Kreativlik bilan taraqqiyotga intilish;

Safar xarajatlari, viza va turar joy masalalari tashkilot tomonidan toʻliq moliyalashtiriladi. Grantlar soni 5000 ta.

Maqbullik shartlari

Forumda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • Forumda barcha millat vakillari qatnasha oladi;
  • Nomzod global muammolarni hal qilishda tashabbuskor va ijtimoiy jihatdan faol boʻlishi lozim;
  • Yetakchi sifatida forumda muhokama qilinadigan mavzularga doir shaxsiy va kasbiy tajribaga ega boʻlishi kerak;
  • Forum ingliz tilida olib boriladi. Shuning uchun nomzodlar ingliz tilida erkin muloqot qila olishi shart.

Tadbir talablari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Foydali tomonlari

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Dasturga qabul qilinganlar ushbu forumda bepul ishtirok etadi;
  • Borish-kelish xarajatlari tashkilot tomonidan moliyalashtiriladi;
  • Forum davomida turar joy va ichki transport xizmati bilan taʼminlanadi;
  • Viza olishda yordam beriladi.

Dasturga qabul qilinganlarga email va SMS orqali taklifnoma xati yuboriladi.

Hujjat topshirish

Forumda ishtirok etish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtish va quyidagi amallarni bajarish lozim:

  • Asosiy maʼlumotlarni toʻldirish;
  • Email manzilni tasdiqlash;
  • Shaxsiy profil ochish va uni toʻldirish.

Kerakli hujjatlar:

  • Pasport nusxasi;
  • Oq fondagi shaxsiy surat;
  • Spiker sifatida ishtirok etayotganlardan CV, tadqiqot qogʻozi va videolar ham soʻralishi mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

  • Forumning ushbu mavsumi 2022-yilning 10-13-yanvar kunlari Misrning Sharm Al Shayx shahrida boʻlib oʻtadi.
  • Dasturga qabul qilinganlar COVID-19 ga qarshi vaksina olganligini va Misrga yetib borishdan 72 soat oldin olingan negativ COVID-19 PCR hujjatini taqdim etishi shart. Boshqa tibbiy xavfsizlik qoidalari bilan ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.
  • Eng koʻp beriladigan savollar va ularning javoblari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
  • Forum va uning avvalgi soni haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
  • Qoʻshimcha savollar ushbu havola orqali onlayn berilishi mumkin.
Birlashgan Arab Amirliklari
Yetakchi yoshlar uchun Misrda boʻlib oʻtadigan “World Youth Forum”da bepul ishtirok etish imkoniyati. Barcha xarajatlar moliyalashtiriladi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar