Tavsif
The International Volunteer Forum 2025 bu volontyorlar, yosh yetakchilar va jamiyat oʻzgarishida oʻz hissasini qoʻsha oladigan nomzodlar uchun 2025-yil 14-17-avgust kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida oʻtkaziladigan dastur hisoblanadi. Dastur davomida yoshlarning jamiyatdagi oʻrni hamda dunyo boʻylab ularning taʼsirini oshirish maqsadida turli seminarlar, madaniy almashinuv mashgʻulotlari hamda yetakchilik sessiyalari oʻtkaziladi. Dasturda 15 yoshdan katta boʻlgan universitet talabalari yoki ishlab yurgan nomzodlar qatnashishlari mumkin.
Dasturda quyidagi uch kategoriya boʻyicha ishtirok etish mumkin:
- Xarajatlari toʻliq qoplanadigan kategoriya — 30 oʻrin ajratilgan;
- Xarajatlari qisman qoplanadigan kategoriya — 70 oʻrin ajratiladi;
- Xarajatlari qoplanmaydigan kategoriya.
Dasturga arizalarni qabul qilish jarayoni 2025-yil 30-iyungacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.