Yetakchilik qobiliyatiga ega ayol-qizlar uchun "Ladies' Club"  loyihasida ishtirok etish imkoniyati.
O‘zbekiston O‘zbekiston
31 Dek, 2021 · Muddat tugagan

Yetakchilik qobiliyatiga ega ayol-qizlar uchun "Ladies' Club" loyihasida ishtirok etish imkoniyati.

Kurslar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

"Ladies' Club"  loyihasi O'zbekistonda istiqomat qiluvchi, yetakchilik qobiliyatiga ega bo'lgan ayol-qizlar uchun tashkil etilgan yangi loyihalardan biri. 

Loyihadan ko'zlangan maqsad o'zi, yaqinlari, oilasi, atrofidagilari taqdiriga befarq bo'lmagan, yangilikka intiluvchi,  mas'uliyatli va shunga o'xshash qator pozitiv sifatlarga ega bo'lgan qalb sohibalarini bir jamoga yig'ish va shu orqali birgalikda shaxsiy rivojlanishdan iborat.

Loyiha davomida dunyoqarash kengayishi bilan bir qatorda, ishtirokchilar Chet tillari, SMM, Marketing, Business management, Self-development kabi sohalardan kerakli bilimlarga ega bo'ladilar va kelajakda shu yo'nalishlar bo'yicha karyeralarini boshlaydilar.

Ushbu dasturda ishtirok etish mutlaqo bepul. Loyiha 2022-yil 1-yanvardan boshlanadi va 3 oy davom etadi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Ushbu loyihada o'zi, yaqinlari, oilasi, atrofidagilari taqdiriga befarq bo'lmagan, yangilikka intiluvchi, mas'uliyatli va shunga o'xshash qator ijobiy sifatlarga ega bo'lgan barcha ayol-qizlar ishtirok etiishi mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dastur afzalliklari:

  • Loyiha davomida dunyoqarash kengayishi bilan bir qatorda, ishtirokchilar Chet tillari, SMM, Marketing, Business management, Self-development (shaxsiy rivojlanish) kabi sohalardan kerakli bilimlarga ega bo'ladilar va kelajakda shu yo'nalishlar bo'yicha karyeralarini boshlaydilar;
  • Qatnashchilar loyihada bepul va onlayn tarzda ishtirok etadilar;
  • Loyiha yakunida maxsus sertifikatga ega bo'ladilar.

Dasturning afzalliklari haqida batafsil ushbu havola orqali ma'lumot olish mumkin.

Topshirish jarayoni

Ishtirokchilar ushbu so'rovnomani to'ldirish orqali ro'yxatdan o'tishlari mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Eng ko'p berilgan savollarga javoblar bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Qo'shimcha savollar ushbu telegram bot  orqali berilishi mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Kurslar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Jins

    Ayol

O‘zbekiston Yetakchilik qobiliyatiga ega ayol-qizlar uchun "Ladies' Club" loyihasida ishtirok etish imkoniyati.
31 Dek, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.