YouLP 2025: yetakchilik qobiliyatiga ega oʻzbekistonlik yoshlar uchun 3 oylik bepul dastur
O‘zbekiston O‘zbekiston
19 Mar, 2025 · Muddat tugagan

YouLP 2025: yetakchilik qobiliyatiga ega oʻzbekistonlik yoshlar uchun 3 oylik bepul dastur

Tadqiqot Bepul ishtirok

Tavsif

Mahorat & Management va Oʻzbekistondagi Fridrix-Ebert jamgʻarmasi (FES) boshchiligida 18-25 yosh oraligʻidagi yetakchilik qobiliyatiga ega yoshlar uchun YouLP 2025 (Cohort IV) dasturi taqdim etiladi. Dastur uch oy davom etadi va besh modullik Uzluksiz kasbiy rivojlanish (CPD) oʻquv dasturidan iborat. Har bir modul 8 soatlik treningni oʻz ichiga oladi va 2025-yil aprel-iyun oylarida oʻtkaziladi.

Dasturning asosiy maqsadi oʻzbekistonlik yoshlarda yetakchilik, ijtimoiy koʻnikmalarni shakllantirish va jamiyat taraqqiyotidagi faol ishtirokini oshirishdan iborat.

Dastur doirasida quyidagi vazifalar bajarishi kutilmoqda:

  • Oʻzbekistonlik yoshlarning salohiyatini mustahkamlash;
  • Yoshlarda yetakchilik va oʻz jamoalari bilan muloqot qilish qobiliyatini rivojlantirish;
  • Qiziqishlari va maqsadlari oʻxshash tengdoshlar bilan muloqot qilish imkoniyatini berish;
  • Jamoaviy ruhni ragʻbatlantirish.

Maʼlumot uchun: YouLP (Yosh yetakchilik dasturi) — Mahorat & Management va Oʻzbekistondagi Fridrix-Ebert jamgʻarmasi (FES) tomonidan tashkil etilgan yoshlar tashabbusidir. Dastur Oʻzbekiston yoshlarida yetakchilik, shaxslar aro munosabatlar va jamiyatda faollik koʻnikmalarini rivojlantirish orqali ularning imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Dasturga qiziqqan 18-25 yosh oraligʻidagi yetakchilik qobiliyatiga ega barcha oʻzbekistonlik yoshlar qatnashishi mumkin;
  • Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim;
  • Saralashda nomzodlarning dasturga oʻz hissasini qoʻshish va undan foyda olish uchun mos kelishi hisobga olinadi.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Dasturda bepul qatnashish mumkin;
  • Mahalliy ekspertlar boshchiligida oflayn treninglar va xorijdan kelgan mutaxassislar ishtirokidagi onlayn zoom/telegram chat uchrashuvlari oʻtkaziladi;
  • Amaliy tadqiqot tahlillari, sayohatlar hamda jamoa tashabbusi bilan turli xil tadbirlar va norasmiy uchrashuvlar tashkil etiladi.

Topshirish jarayoni

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Muhim sanalar:

  • Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 20-mart, 2025-yil;
  • Arizalarni koʻrib chiqish: 21-23-mart, 2025-yil;
  • Saralanganlar oʻrtasida suhbat: 25-28-mart, 2025-yil;
  • Natijalarni eʼlon qilish: 29-mart, 2025-yil.

Quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali qoʻshimcha maʼlumot olish mumkin:

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Tadqiqot

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18, Max: 25

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston YouLP 2025: yetakchilik qobiliyatiga ega oʻzbekistonlik yoshlar uchun 3 oylik bepul dastur
19 Mar, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.