Yetakchilik qobiliyatiga ega talabalar uchun Global Leadership Challenge dasturida qatnashib Shveysariyaga bepul sayohat qilish imkoniyati
Shveytsariya Shveytsariya
02 Noy, 2024 · Muddat tugagan

Yetakchilik qobiliyatiga ega talabalar uchun Global Leadership Challenge dasturida qatnashib Shveysariyaga bepul sayohat qilish imkoniyati

Konferensiya Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

The Global Leadership Challenge Oksford universiiteti va St. Gallen Simpoziumi tomonidan har tomonlama faol va mas'uliyatli liderlarni aniqlash, ularda yetakchilik qobiliyatini yanada rivojlantirishni maqsadida tashkil etilgan. Ushbu dastur dunyo bo'ylab Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlariga hissa qo'sha oladigan yosh iqtidorlarni birlashtiradi. Saralangan 100 nafar ishtirokchi dasturda qatnashish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Dastur 2024-yil 12-dekabrdan 16-dekabrgacha davom etadi. Eng asosiysi, ushbu dastur to'liq onlayn tarzda bo'lib o'tadi va butun dunyo bo'ylab yosh liderlar qatnashishlari mumkin. Dasturda qatnashish davomida ishtirokchilar liderlik qobiliyatlarini yanada rivojlantiradilar va rasmiy sertifikat bilan taqdirlanadilar.

Ishtirokchilar mas'uliyatliligi va berilgan murakkab vazifalarni bajarishga bo'lgan ishtiyoqiga ko'ra baholanadi. Eng faol ishtiokchilar 2025-yil may oyida Shveysariyada bo'lib o'tadigan St. Gallenning 54-simpoziumida Kelajak Lideri sifatida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bunda safar va turarjoy xarajatlari to'liq moliyalashtiriladi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturga qabul qilinish uchun nomzodlar quyidga talablarga javob berishi lozim:

  • Nomzod 21-30 yosh oralig'ida bo'lishi kerak;
  • Kamida bakalavr bosqichini tugatgan yoki magistraturada o'qiyotgan yoki biror sohada yosh mutaxassis sifatida ishlayotgan bo'lishi lozim;
  • Darsdan tashqari mashg'ulotlarda, jumladan, ishlash jarayonida yetakchilik qobiliyatini namoyon etgan bo'lishi kerak;
  • 2024-yil 12-16-dekabr kunlari Global Leadership Challengeda qatnashish imkoniyatiga ega bo'lishi shart.

Talablar haqida batafsil ushbu havola orqali bilib olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturda faol qatnashganlar quyidagi imtiyozlarga ega bo'ladi:

  • Eng faol ishtirokchilar 2025-yil may oyida Shveysariyada bo'lib o'tadigan ST.Gallen Simpoziumida Kelajak Lideri sifatida ishtirok etadi; Safar va turarjoy xarajatlari qoplanadi; 
  • Eng yaxshi 3 ta jamoa Oxford Character Project tomonida tashkil etilgan yetakchilik qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan 3 oylik kursda bepul qatnashish imkoniyatiga ega bo'ladi;
  • Dasturda qatnashganlarga rasmiy sertifikat beriladi;
  • Yosh va mas'uliyatli yetakchilarning global hamjamiyatiga a'zo bo'ladi;
  • Faqat shaxsiy maqsadni emas, jamiyat manfaatlarini ko'zlaydigan liderlik ko'nikmalariga ega bo'ladi.

Dasturning manfaatli tomonlari haqida batafsil ushbu orqali bilib olish mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturga ariza topshirayotganlar keyinchalik GLC ning boshqa 4 nafar ishtirokchisi bilan bitta guruh sifatida ishtirok etadi. Ushbu guruh shakllantirilayotganda a'zolar bo'yicha hech qanday so'rov va iltimoslar qabul qilinmaydi.

Ariza topshirish ushbu havola orqali amalga oshiriladi.

Qo'shimcha ma'lumot

  • Global Leaders Challenge 2023-yilda qay tartibda o'tganligi haqida batafsil ushbu havola orqali bilib olish mumkin.
  • Dasturga qabul qilinganlar ro'yxati 2024-yil noyabr oyi o'rtalarida e'lon qilinadi.

Dastur agendasi haqida batafsil ushbu havola orqali bilib olish mumkin.

Qo'shimcha murojaatlar uchun: info@oxfordcharacter.org

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Konferensiya

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 21, Max: 30

  • Jins

    Erkak, Ayol

Shveytsariya Yetakchilik qobiliyatiga ega talabalar uchun Global Leadership Challenge dasturida qatnashib Shveysariyaga bepul sayohat qilish imkoniyati
02 Noy, 2024
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.