Yetakchilik qobiliyatiga ega yoshlar uchun AQShning Kaliforniya shtatida oʻtkaziladigan xalqaro konferensiya — International Youth Conference 11
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
27 Yan, 2025 · Muddat tugagan

Yetakchilik qobiliyatiga ega yoshlar uchun AQShning Kaliforniya shtatida oʻtkaziladigan xalqaro konferensiya — International Youth Conference 11

Tadqiqot Bepul ishtirok

Tavsif

AQShning mashhur Kaliforniya shtatida global muammolarning muqobil yechimiga faol hissa qoʻshishni istaganlar uchun International Youth Conference 11 konferensiyasi taqdim etiladi.

Konferensiya mavzusi: Youth Leading Inclusive Social Transformation.

Dastur mavzusi yoshlarning nafaqat ertangi kunning yetakchilari, balki bugungi kunda faol oʻzgarishlarni yaratuvchisi ekanligini eʼtirof etib, inklyuziv ijtimoiy oʻzgarishlarni amalga oshirishda yoshlarning muhim rolini yanada oshirishga qaratilgan. Bu siyosat, iqtisodiy imkoniyatlar, taʼlim yoki ijtimoiy adolat kabi ijtimoiy rivojlanishdagi doimiy kamchiliklarni bartaraf etishda yoshlar yetakchilik qilishi zarurligini taʼkidlaydi.

Dastur 2025-yil 1-maydan 4-maygacha Kaliforniya shtatining Los-Anjeles shahrida gibrid (ham onlayn ham oflayn) koʻrinishda oʻtkaziladi.

Maʼlumot uchun: International Youth Conference 11 (IYC11) konferensiyasi strategik jihatdan 2025-yilgi Second World Summit for Social Development bilan bir qatorda oʻtkazilayotgan boʻlib, butun dunyo boʻylab yoshlar uchun ertangi kun bilan bogʻliq koʻp tomonlama yechimlarni topish va uning targʻibotiga hissa qoʻshish uchun muhim platforma boʻlib xizmat qiladi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Butun dunyo boʻylab yetakchilik qobiliyatiga ega yoshlar qatnashishi mumkin;
  • Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim.
  • Nomzodlar global muammolarga yechim topish uchun kuchli xohish koʻrsatishlari kerak;
  • Konferensiyadan keyin unga oid biror bir faoliyat yoki loyihani amalga oshirishda faollik koʻrsatishi inobatga olinadi.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Dasturda bepul qatnashish mumkin;
  • Konferensiya gibrid (ham onlayn ham oflayn) koʻrinishda oʻtkaziladi. Ishtirokchilar xohishiga koʻra onlayn yoki oflayn shakldan birini tanlab qatnashishi mumkin;
  • Eng kuchli yetakchi, soha mutaxassisi va olimlardan bilim olish imkoniyati;
  • Global muammolarga yechim topish uchun oʻz hissasini qoʻshish.

Eslatma: Oflayn tadbirga boradiganlar viza yoki turarjoy, safar xarajatlari uchun mablagʻ bilan taʼminlanmaydi.

Topshirish jarayoni

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Hujjat topshirishda quyidagilar soʻraladi:

  • Shaxsiy maʼlumotlar;
  • AQShga borish uchun viza olishga yordam kerak yoki kerakmasligi;
  • Oʻqiyotgan yoki ishlayotgan muassasasi;
  • Global muammolarga yechim topishda yoshlarning oʻrni haqida fikrlar;
  • Dasturdan soʻng amalga oshirmoqchi boʻlgan loyihasi haqida;
  • Dasturda qatnashish turi (onlayn yoki oflayn);
  • Maxfiylik shartlariga rozilik.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Tadqiqot

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

AQSh Yetakchilik qobiliyatiga ega yoshlar uchun AQShning Kaliforniya shtatida oʻtkaziladigan xalqaro konferensiya — International Youth Conference 11
27 Yan, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.