Tavsif
World Youth Forum, yaʼni Butunjahon yoshlar forumi oʻzining shaxsiy fikriga ega, global va mahalliy muammolarga befarq boʻlmagan, kuchli yetakchilik qobiliyatiga ega boʻlgan butunjahon yoshlari uchun tashkil etilgan. Ushbu Forum butun dunyoda tinchlik, farovonlik, totuvlikni mustahkamlash maqsadida dunyoning turli burchaklaridan kelgan yoshlarni bir joyda birlashtiradi, qolaversa, ularga oʻzaro fikr almashish, muammolarga toʻgʻri yechim topish imkonini beradi. Shu bilan birga, Forum eng yaxshi siyosatchilar bilan muloqot qilish, yer yuzimizni yashash uchun yanada yaxshiroq joyga aylantirishga qaror qilgan istiqbolli yoshlar bilan muloqot qilish imkoniyatidir.
Tanlov soʻnggi 3 yil davomida butun dunyo yoshlari ishtiroki bilan ijobiy tarzda oʻtkazilib kelinmoqda va turli davlatlarning millionlab yetakchi yoshlari oʻzlarining muammolarni hal qilish, toʻgʻri qaror qabul qilish kabi salohiyatlarini oshirish bilan birga taniqli siyosatchilar va tajribali ekspertlar bilan suhbat qurish, ular bilan oʻzaro aloqalarni yoʻlga qoʻyish imkoniyatiga ega boʻlishdi.
Dasturga qabul qilinganlar 2022-yil 10-yanvardan 13-yanvargacha Misrning Al Shayx shahrida boʻlib oʻtadigan ushbu forumda ishtirok etadilar.
World Youth Forumining navbatdagi 4-mavsumida ishtirokchilar quyidagi mavzular doirasida suhbat olib boradilar:
- Utmost importance to the global youth community guided by Peace - Global yoshlar hamjamiyatida tinchlikning ahamiyati;
- Aspiring for Development through Creativity - Kreativlik bilan taraqqiyotga intilish;
Safar xarajatlari, viza va turar joy masalalari tashkilot tomonidan toʻliq moliyalashtiriladi. Grantlar soni 5000 ta.