Yetakchilik qobiliyatiga ega yoshlar uchun Ozarbayjonda boʻlib oʻtuvchi 4 kunlik Global Peace sammiti. Joylar soni - 150 ta

Yetakchilik qobiliyatiga ega yoshlar uchun Ozarbayjonda boʻlib oʻtuvchi 4 kunlik Global Peace sammiti. Joylar soni - 150 ta

  • 20/03/2022 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Ozarbayjon Davlat
  • 26/04/2022 08:59 Oxirgi muddat

Umumiy maʻlumotlar

Global Peace Chain tashkiloti Youth Led Organization va Global Tours tashkilotlari bilan hamkorlikda dunyo boʻylab oʻz shaxsiy fikriga ega, tengdoshlari orasida yetakchi, qolaversa, bahs-munozarani sevuvchi barcha yoshlarni Ozarbayjonning Boku shahrida boʻlib oʻtadigan 4 kunlik Global Peace Summitda ishtirok etishga taklif etadi. Ushbu dastur 2022-yil 29-may — 1-iyun kunlari ingliz tilida olib boriladi.

Ushbu xalqaro sammit dunyoning rivojlanishiga taʼsir oʻtkazishni maqsad qilgan boʻlib, barcha yetakchilarni bir joyga toʻplaydi. Dasturning asosiy vazifasi esa 2030-yilgacha Birlashgan Millatlar Tashkilotining 17 Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga erishish uchun butun dunyodan yoshlarni safarbar qilishdan iborat.

Global tinchlik mavzusiga bagʻishlangan ushbu sammit dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan yosh, malakali va gʻayratli tinchlik qoʻllab-quvvatlovchi yoshlarga fikrlarini yanada kengaytirish va dunyo boʻylab tinchlikni yoʻlga qoʻyish uchun oʻz reja va maqsadlarini taqdim etish imkonini beradi. Ushbu sammit motivatsiyaga ega boʻlgan yoshlarni birlashtirish, ularning qobiliyatlarini kengaytirish, ularga fikrlarini va ular bilan aloqa (networking) oʻrnatishdan iborat. Shuningdek, sammitda zoʻravonlikka qarshi kurashda dinlararo totuvlik, mehr-shafqat va bagʻrikenglikni targʻib qilish uchun jamiyatga asoslangan tadbirlar va tinchlik muloqotlar oʻtkaziladi.

Sammitda jami 150 nafar ishtirokchilar qatnashishi mumkin. Dasturga qabul qilingan ishtirokchilarning barcha xarajatlar, jumladan, safar, turar-joy va oziq-ovqat xarajatlari moliyalashtiriladi. Bundan tashqari, sammit yakunida ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadilar.

Global Peace Chain tashkiloti yillar davomida yoshlarning yetakchilik qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qilib kelmoqda. Dastur erishgan yutuqlar bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Maqbullik shartlari

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • Dasturda 16 yoshdan 40 yoshgacha boʻlgan barcha ishtirok etishi mumkin;
  • Nomzod keng fikrli, kuchli motivatsiya va qiziqishga ega boʻlishi kerak;
  • Sammit ingliz tilida olib borilgani sababli ishtirokchilar ingliz tilini bilishi lozim. Sertifikat talab etilmaydi;
  • BMTning Barqaror Rivojlanish Maqsadlari yoʻlida fidokor boʻlishi kerak;
  • Talabalar va yosh professorlar ishtiroki qoʻllab-quvvatlanadi.

Dastur talablari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Foydali tomonlari

Dasturga qabul qilingan nomzodlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Dastur 15 ta toʻliq qoplanuvchi, 25 ta qisman qoplanuvchi grantlar va 110 ta pullik oʻrinlarni taklif qiladi.

Toʻliq qoplanuvchi grant egalariga:

  •  Ozarbayjonga sayohat uchun bepul aviachipta beriladi;
  • Turar joy va oziq-ovqat bilan taʼminlanadi;
  • Sammitda ishtirok etish uchun ruxsatnoma, dastur soʻnggida sertifikat va yakuniy bayramda qatnashish imkoniyatiga ega boʻladi;

Qisman qoplanuvchi grant sohiblari aviachiptadan tashqari yuqoridagi barcha imkoniyatlarga ega boʻladi;

  • Sammit davomida tinchlik, taʼlim, yetakchilikni rivojlantirishga oid mavzularda seminar va amaliy mashgʻulotlar tashkil etiladi;
  • Professional tajribaga ega keng fikrli yosh ijtimoiy tadbirkorlar bilan uchrashish imkoniyatiga ega boʻladi;
  • Barcha ishtirokchilarga "MAPS Global Tours agentligi tomonidan sayohat boʻyicha maslahat beriladi.

Dasturning manfaatli tomonlari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Hujjat topshirish

Dasturda ishtirok etish uchun onlayn roʻyxatdan otish va ariza topshirish kerak boʻladi. Ariza topshirish narxi - $35.

Ushbu havola orqali ariza topshirish mumkin.

Ariza topshirishda savollar tugʻilsa, queries@globalpeacechain.org elektron manzilga murojaat qilish mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Sammitda ushbu mavzular boʻyicha ishtirok etish mumkin:

  • Are human rights universally propagated or culturally constrained?
  • The part played by international organizations in the attainment of world peace- meagre or major;
  • The impact of globalization on Identity in today’s world- has the phenomena strengthened or monopolized identities;
  • Seriousness of social media- can it actually curb Peace issues or its all an illusion;
  • What essential role highly functioning corporations can play in combating climate change?
  • How gender-based violence hinders Nation building and what steps could prove effective in its control?
  • Is racism a societal or political phenomena? And how can it be handled?

Saralash jarayoni:

  • 2022-yil 3-4-may - intervyu bosqichi bo'lib o'tadi;
  • 2022-yil 7-may - natijalar e'lon qilinadi;
  • 2022-yil 10-may - yakuniy natijalar e'lon qilinadi.

Eslatma: dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar sayohat qilish pasportiga (qizil pasport) ega bo'lishi zarur. Dasturning qanday o'tishi, dastur agendasi bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Dastur haqida ko'p berilgan savollar va ularning javobi haqida batafsil ushbu havola orqali ma'lumot olish mumkin.

Ozarbayjon
Yetakchilik qobiliyatiga ega yoshlar uchun Ozarbayjonda boʻlib oʻtuvchi 4 kunlik Global Peace sammiti. Joylar soni - 150 ta

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar