Yetakchilik qobiliyatiga ega yoshlar uchun Qozon shahrida toʻliq moliyalashtiriladigan 5 kunlik Kazan Global Youth Summit dasturi
Rossiya Rossiya
09 Iyn, 2026 · Muddat tugagan

Yetakchilik qobiliyatiga ega yoshlar uchun Qozon shahrida toʻliq moliyalashtiriladigan 5 kunlik Kazan Global Youth Summit dasturi

Konferensiya To'liq moliyalash

Tavsif

Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasi Yoshlar ishlari vazirligi va Islom hamkorlik yoshlar forumi (ICYF) va bir necha tashkilotlar oʻzaro hamkorlikda Kazan Global Youth Summit — Qozon Global Yoshlar Sammiti 5-mavsumini tashkil etmoqda. Ushbu dastur 2026-yil 26-30-avgust kunlari Tataristonning Qozon shahrida boʻlib oʻtadi. 

Qozon Global Yoshlar Sammiti yoshlar yetakchilar markazi sifatida ularning global siyosiy dunyoqarashini oʻstirishda, muhokamalarda va harakatlarda mazmunli ishtirok etishda yordam beradi. Dastur yoshlarga shaxsiy rivojlanish ustida ishlash va boshqa mintaqa va madaniyat vakillari bilan oʻzaro fikr almashish imkoniyatini taqdim etadi.

Sammitda quyidagi mavzular muhokama qilinadi:

  • Raqamlashtirish;
  • Yoshlar siyosatidagi zamonaviy vositalar;
  • Globallashuv davridagi anʼanaviy qadriyatlar.

Sammit yoshlar siyosati rahbarlari, xalqaro tashkilotlar, yosh yetakchilar va ekspertlarni ilgʻor tajribalarni toʻplash va IHT mintaqasida yoshlarning rolini kuchaytirish hamda ular tomonlar oʻrtasida samarali aloqani yoʻlga qoʻyishni maqsad qilgan.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dastur talablari quyidagicha:

  • IHTga aʼzo davlatlar, IHT kuzatuvchi davlatlari, BRIKS va Osiyo-Tinch okeani mintaqasidan bo'gan fuqarolar qatnashishi mumkin (O'zbekiston ro'yxatda bor);
  • Nomzodlar 18-35 yosh orasida boʻlishi va ingliz tilini B2-C1 darajada bilishi;
  • Kuchli yetakchilik qobiliyatiga ega, masʼuliyatli, turli sohalarda, jumladan, akademik va ijtimoiy jihatdan faol boʻlishi lozim;
  • Ishtirokchilar forumdagi loyihalarini oʻz davlatlarida keng targʻib qila olishni maqsad qilgan boʻlishi kerak.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturda qabul qilingan ishtirokchilar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Turarjoy, oziq-ovqat va transport xarajatlari qoplanadi;
  • 5 kunlik sammitda bepul ishtirok etadilar;
  • Dunyo boʻylab turli davlat yetakchi yoshlari bilan muloqot qilish va networking (oʻzaro aloqalar)ni kuchaytirish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Topshirish jarayoni

Dasturda ishtirok etish uchun ushbu onlayn ariza shaklini toʻldirish lozim.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Konferensiya

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18, Max: 35

  • Jins

    Erkak, Ayol

  • IELTS talabi

    Min: 5.5, Max: 8

Rossiya Yetakchilik qobiliyatiga ega yoshlar uchun Qozon shahrida toʻliq moliyalashtiriladigan 5 kunlik Kazan Global Youth Summit dasturi
09 Iyn, 2026
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.