HPAIR Harvard Conference 2026 - Garvardda yetakchi yoshlar va talabalar uchun konferensiya
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
19 Okt, 2025 · Muddat tugagan

HPAIR Harvard Conference 2026 - Garvardda yetakchi yoshlar va talabalar uchun konferensiya

Konferensiya Qisman moliyalash

Tavsif

Harvard College Project for Asian and International Relations (HPAIR) hamjamiyati yetakchilik qobiliyatiga ega yoshlar va talabalar uchun HPAIR Harvard Conference 2026 konferensiyasini taqdim etadi. 

Tadbir mavzusi — Emerging Horizons: Truth at Dawn, Hope at Dusk 

 Dastur davomida turli tadbirlar tashkil qilinadi. Unda ishtirokchilar kichik jamoalarda dolzarb muammolar ustida ishlashadi, shuningdek, soha mutaxassislari tomonidan maslahat berib boriladi.

Konferensiya 2026-yil 6-8-fevralda Garvard universitetida oʻtkaziladi.

Maʼlumot uchun: 30 yildan ortiq vaqt davomida HPAIR hamjamiyati turli forumlar tashkil qilish orqali global miqyosdagi yetakchilarni topish va ularga muvaffaqiyatga erishishga yordam berib kelmoqda. Dastur hukumat rahbarlari, biznes yetakchilari, ijtimoiy soha boʻyicha professionallar, taniqli shaxslar va yetakchi akademiklarni jalb qilish va ulardan saboq olish uchun butun dunyodan talabalar va yosh mutaxassislarni birlashtiradi.

1991-yildan beri HPAIR dunyoning 20 ta mezbon mamlakatlarida 40 000 dan ortiq talaba va yosh mutaxassislar uchun 50 ta konferensiya tashkil qilgan. Eng muhimi, hamjamiyat roʻyxatdan oʻtgan notijorat tashkilot sifatida har yili daromadining bir qismini taʼlim, rivojlanish, global salomatlik va ekologik barqarorlik bilan bogʻliq masalalarga yoʻnaltiradi va turli yordam guruhlariga xayriya qilish bilan shugʻullandi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Dasturda yetakchilik qobiliyatiga ega yoshlar va talabalar qatnashishi mumkin;
  • Nomzodlar 18 yosh va undan katta bo'lishi kerak;
  • Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim. 

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Dunyoning eng mashhur universitetlaridan biri- Garvard universitetiga sayohat qilish imkoniyati;
  • Saralangan ishtirokchilarga stipendiya beriladi;
  • Barcha dastur doirasidagi tadbirlar, tushlik va ochilish marosimidagi kechki ovqat qoplanadi;
  • Dunyoning mashhur yetakchilari boshchiligida turli tadbir va seminarlar tashkil qilinadi;
  • Tushlik paytida kichik guruhlarda maʼruzachilar bilan shaxsan suhbatlashish imkoni beriladi;
  • Xalqaro auditoriya oldida oʻz isteʼdodini namoyish etish mumkin.

Muhim: Faqat erta qabul uchun ariza beruvchilar konferensiyaga borish chiptasini chegirmali narxda olish va stipendiya dasturiga ariza topshirish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Topshirish jarayoni

Dasturga hujjat topshirish 2 bosqichdan iborat:

  • 1-bosqich: nomzodlar ushbu havola orqali onlayn ariza topshiradi. Bunda CV ilova qilish va bir nechta savollarga javob berish soʻraladi.  
  • 2-bosqich: saralashdan oʻtgan nomzodlardan video intervyu topshirishi yoki HPAIR xodimi bilan onlayn suhbat (Zoom platformasi orqali) oʻtkazishi soʻraladi.

Qo'shimcha ma'lumot

  • Maʼruzachilar roʻyxati tadbir sanasiga yaqin qolganda eʼlon qilinadi;
  • Takroran soʻraladigan savollarga javob bu yerda;

Dasturga qabul qilish muddatlari:

  • Dastur grantiga ariza topshirishning oxirgi muddati: 20-oktyabr, 2025-yil;
  • Erta qabul uchun oxirgi muddat: 20-oktyabr, 2025-yil;
  • Doimgi qabul uchun oxirgi muddat: 21-noyabr, 2025-yil.

Dastur haqida quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali qoʻshimcha maʼlumot olish mumkin:

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Konferensiya

  • Moliyalashtirish

    Qisman moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18

  • Jins

    Erkak, Ayol

AQSh HPAIR Harvard Conference 2026 - Garvardda yetakchi yoshlar va talabalar uchun konferensiya
19 Okt, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.