Tavsif
Oʻzbekistonda davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini rivojlantirish, koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari toʻgʻrisida keng jamoatchilikning xabardorligini oshirish, shuningdek, Davlat xizmatlari markazlari faoliyati va butun respublika boʻylab www.my.gov.uz portali orqali davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari bilan bogʻliq dolzarb masalalarga ommaviy axborot vositalarining eʼtiborini jalb qilish maqsadida jurnalistlar va blogerlar uchun milliy tanlov oʻtkaziladi.
Ushbu tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va Oʻzbekistondagi BMTTDning “Oʻzbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qoʻshma loyihasi doirasida, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, BMTTDning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi, Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi saʼy-harakatlari bilan tashkil qilinmoqda.
Tanlov doirasida 5 ta nominatsiya boʻyicha jurnalistlar, mualliflar va blogerlarning tanlov mavzusiga oid materiallari (yaʼni, davlat xizmatlari sohasidagi) qabul qilinadi.
Nominatsiyalar:
- Fotomaterial
- Videomaterial
- Animatsion lavha
- Maqola/Tahliliy material/Blog
- Radiomaterial