Tavsif
“Markaziy Osiyoda bagʻrikenglik va tinchlik manfaatlari yoʻlida transchegaraviy koʻp tomonlama muloqot” loyihasi doirasida Konrad Adenaur fondi tomonidan “Madaniy almashinuv” loyihasi tashkil etilmoqda. Mahalliy hamkorlar: “Yuksalish fondi” (Oʻzbekiston), BIOM (Qirgʻiziston), “Gender va taraqqiyot” NNT (Tojikiston). Tanlov onlayn boʻlib oʻtadi.
Tanlov yakunida (ixtiyoriy) mamlakatingizni eng yaxshi tomondan koʻrsatadigan loyiha taqdim etishingiz kerak.
Loyiha quyidagi shakllarda boʻlishi mumkin:
- insho;
- foto;
- video.
Loyihaga qoʻyiladigan talablar:
- Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Tojikistonda yashovchi xalqlar madaniyatining oʻziga xosligini yetkazishi kerak;
- umumiy yaxshi qoʻshnichilik, xalqlar oʻrtasidagi hamjihatlik va totuvlik muhitini etkazishi kerak;
- noyob va original boʻlishi kerak (asarlar mualliflik huquqi bilan himoyalangan boʻlishi kerak);
- yuqori sifatli fotosuratlar (fotosuratlar aniq, yaxshi yoritilgan, yaxshi kompozitsiya va mavzuga ega boʻlishi kerak);
Bitta muallif 2 tagacha asar joʻnatishi va ularni matn koʻrinishida tavsiflay olishi kerak (tavsif matn ilova qilinishi kerak). Tavsifsiz ishlar qabul qilinmaydi