Yevropa Ittifoqi tomonidan eng yaxshi jurnalistik materiallar uchun "Bioxilma-xillikni tiklash — bizning umumiy masʼuliyatimiz" mavzusida tanlov. G'oliblar Qirg'izistonda bo'lib o'tuvchi o'quv sayohatiga qatnashish imkonini qo'lga kiritadilar
O‘zbekiston O‘zbekiston
14 Iyl, 2021 · Muddat tugagan

Yevropa Ittifoqi tomonidan eng yaxshi jurnalistik materiallar uchun "Bioxilma-xillikni tiklash — bizning umumiy masʼuliyatimiz" mavzusida tanlov. G'oliblar Qirg'izistonda bo'lib o'tuvchi o'quv sayohatiga qatnashish imkonini qo'lga kiritadilar

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan “Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo suv, atrof-muhit va iqlim oʻzgarishi boʻyicha hamkorlik” (WECOOP) dasturi “Biologik xilma-xillikni tiklash — umumiy masʼuliyatimiz” mavzusiga bagʻishlangan eng yaxshi jurnalistik materiallar uchun Markaziy Osiyo jurnalistlari oʻrtasida media-tanlovni oʻtkazishni boshladi.

Ushbu tanlovning maqsadi bioxilma-xillikning yo’q bo’lish inqirozi, ekotizimning tanazzuli, resurslarning kamayishi va iqlim oʻzgarishi, shuningdek muntazam isteʼmol, ishlab chiqarish va aylanma iqtisodiyotga oʻtishning dolzarb ehtiyojlari toʻgʻrisida xabardorlikni oshirishdir.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • O'rta Osiyo davlatlari fuqarosi bo'lish;
  • 18 yoshdan oshgan bo'lish;
  • Markaziy Osiyo davlatlaridan birida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan OAV (ommaviy axborot vositasi) xodimi boʻlish

Eslatma: Tanlov uchun 2020-yil 1-avgustdan 2021-yil 15-iyulgacha bo'lgan davrda biologik xilma-xillik bo'yicha bosma yoki elektron ommaviy axborot vositalarida nashr etilgan yoki televidenie / radioda efirga uzatilgan individual mualliflar materiallari bitta talabnoma beruvchidan 3 tadan ko'p bo'lmagan materiallar qabul qilinadi. 

Asosiy baholash mezonlari quyidagilar:

  • Mavzuga muvofiqligi
  • Mavzuni tushunish va chuqur tushuntira olish
  • Maʼlumotlarning aniqligi va ishonchliligi
  • Materialni taqdim etishdagi professional darajasi, taqdimot uslubi
  • Jurnalistikaning axloqiy tamoyillariga rioya qilish.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Tanlov natijalariga ko'ra 6 nafar g'olib tanlanadi (bitta I, ikkita II, uchta III sovrinlar). G'oliblar Qirg'iziston Respublikasida bioxilma-xillikni saqlash va tiklash amaliyoti bilan tanishish uchun o'quv sayohatida qatnashadilar. 

Eslatma: Safar WECOOP loyihasi tomonidan uyushtiriladi va taxminiy ravishda 2021-yil 5-10 sentyabrga rejalashtirilgan. COVID-19 epidemiologik holatini hisobga olgan holda sayohat keyingi kunga qoldirilishi mumkin. U virus tarqalishining oldini olish bo'yicha barcha xavfsizlik choralariga va shaxsiy himoya bo'yicha tavsiyalarga muvofiq tashkil etiladi.

Topshirish jarayoni

  1. Tanlovda qatnashish uchun berilgan ariza shakli to'ldiriladi: ingliz tilida yoki rus tilida
  2. Tanlov materiallari maqola, badiiy hikoya, intervyu, fotosurat, TV yoki radio dasturini oʻz ichiga olishi kerak
  3. Materiallarga gipermurojaatlar bosma shaklda, ommaviy axborot vositalariga esa skanerlangan PDF shaklda nusxasini OAV nomi, nashr qilingan sana va raqam bilan biriktirib qoʻyiladi
  4. Ariza va barcha biriktirilgan materiallar media@wecoop.eu elektron manziliga yuboriladi.

Eslatma: Kechiktirilgan arizalar qabul qilinmaydi

Qo'shimcha ma'lumot

Tanlov natijalari 29.07.2021 sanasida Internetda boʻlib oʻtadigan mukofotlash marosimida, shuningdek WECOOP loyihasi veb-saytida https://wecoop.eu va Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasining rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifalarida eʼlon qilinadi. 

Murojaat uchun:

Email: media@wecoop.eu.

www.wecoop.eu

@wecoopproject

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili, Rus tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18

O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi tomonidan eng yaxshi jurnalistik materiallar uchun "Bioxilma-xillikni tiklash — bizning umumiy masʼuliyatimiz" mavzusida tanlov. G'oliblar Qirg'izistonda bo'lib o'tuvchi o'quv sayohatiga qatnashish imkonini qo'lga kiritadilar
14 Iyl, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.