Dasturda quyidagi 2 yoʻnalish boʻyicha oʻqish mumkin:
- Siyosat va xavfsizlik;
- Iqtisodiy boshqaruv va rivojlanish.
Dasturga quyidagi hujjatlarni topshirish talab qilinadi:
-onlayn ariza shakli;
-diplom (toʻrt yillik bakalavr, magistr diplomi yoki maxsus diplom);
-transkript.
Eslatma! Bakalavr bosqichining oxirgi bosqichida oʻqiyotgan talabalar ham dasturga ariza topshirishlari mumkin. Lekin ular diplomni 2023-yilning 1-avgustiga qadar olishlari kerak boʻladi. Diplom va transkriptlar tarjimasi ingliz yoki rus tillaridan birida boʻlishi va rasmiy tasdiqlangan boʻlishi kerak. Boshqa tillardagi tarjima qabul qilinmaydi. Agar nomzodning diplomi ikkala magistratura yoʻnalishiga ham toʻgʻri kelsa, ikkalasiga ham ariza topshirish huquqiga ega.
Dasturga oid muhim sanalar:
- 2022-yil 1-oktyabr-2023-yil 15-yanvar: Onlayn ariza topshirishning boshlanish va tugash muddati;
- 2023-yil 15-yanvar-mart oyining boshlari-Dastlabki saralash bosqichi boʻlib oʻtadi. Saralash jarayonida ariza shakli, nomzodning akademik koʻrsatkichlari, ish tajribasi va talablarga qanchalik darajada mos kelishiga qaraladi;
- 2023-yil mart-aprel oylari- Yozma test natijalariga koʻra ikkinchi saralash bosqichi boʻlib oʻtadi. Yozma test namunalari va imtihon shartlari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin;
- 2023-yil may oyi- Birinchi va ikkinchi saralash bosqichidan oʻtgan nomzodlar bilan intervyu boʻlib oʻtadi;
- 2023-yil iyun oyi- Test va intervyu natijalariga asoslangan holda dastur gʻoliblari eʼlon qilinadi.
Eslatma! Dastur maʼmuriyati imtihon, intervyu yoki natijalar eʼlon qilinadigan sana yoki soatlarni oʻzgartirish huquqiga egadir. Tashkilotchilar faqatgina testdan oʻtgan yoki intervyusi muvaffaqiyatli tugagan nomzodlar bilan bogʻlanishadi. Yaʼni arizasi qabul qilinmagan yoki imtihondan yetarli ball toʻplamagan nomzodlar bilan bogʻlanilmaydi.
Siyosat va xavfsizlik yoʻnalishiga ushbu havola orqali ariza topshirish mumkin.
Iqtisodiy boshqaruv va rivojlanish yoʻnalishiga ushbu havola orqali ariza topshirish mumkin.