Tavsif
Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YXHT) markaziy osiyolik yosh ayollarning imkoniyatlarini yanada kengaytirish uchun OSCE Young Women 4 Peace Initiative: Empowering Central Asian Young Women Programme dasturini taqdim etadi.
Dasturga jami 18 nafar ishtirokchi qabul qilinadi. Dastur ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish, yoshlarni jalb qilish, tinchlik o'rnatish, nizolarni hal qilish va shunga o'xshash sohalarda faol ishtirok etayotganlarni yanada rag'batlantirish va Markaziy Osiyoda sezilarli o'zgarishlarni amalga oshiruvchi yosh ayollarning taraqqiyot, tinchlik o'rnatish, vositachilik va boshqa sohalardagi ta'sirini kuchaytirishga qaratilgan. YXHTning ushbu dasturi Yevropa Ittifoqi koʻmagida amalga oshirilmoqda.
Dastur 2024-yil apreldan 2025-yil noyabrgacha davom etishi rejalashtirilgan.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali ma'lumot olish mumkin.