Tavsif
YXHT-Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (Organization for Security and Co-operation in Europe (OSCE)) 2025-yil tinchlik va xavfsizlik boʻyicha grant eʼlon qiladi. Grant yoshlar, ayniqsa ayollarni xavfsizlik masalalari, xususan, harbiy-siyosiy xavfsizlik sohasiga jalb qilish uchun tashkil qilingan.
Dasturda qatnashish uchun nomzodlar 22-32 yosh oraligʻida va bakalavr darajasiga ega boʻlishlari lozim. Dastur 6 haftalik onlayn oʻqishni oʻz ichiga oladi va 2025-yil 7-apreldan 18-maygacha davom etadi.
Dasturga qabul jarayoni 2025-yil 28-fevralgacha davom etadi va unda qatnashish uchun maxsus ariza shaklini toʻldirish soʻraladi. Ariza topshirish bepul.
Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.