The OSCE akademiyasidan talabalar uchun barcha xarajatlari qoplanadigan 4 haftalik yozgi maktab

The OSCE akademiyasidan talabalar uchun barcha xarajatlari qoplanadigan 4 haftalik yozgi maktab

  • 15/06/2023 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Qirgʻiziston Davlat
  • 16/06/2023 17:00 Oxirgi muddat

Umumiy maʻlumotlar

Bishkekdagi Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti (YXHT) Akademiyasi Markaziy Osiyodagi yagona YXHT taʼlim loyihasi hisoblanadi. Ushbu Akademiya Markaziy Osiyoda tashkilotning asosiy qadriyatlarini keng yoyish maqsadida tashkil etilgan.

Akademiya tomonidan tashkil etilayotgan barcha xarajatlari qoplanadigan yozgi maktabda bitiruvchi bosqich talabalari, bakalavr va magistratura bosqichi bitiruvchilari ikkita keng ilmiy tadqiqot mavzusida yaʼni “Siyosat va xavfsizlik” va “Iqtisodiy boshqaruv va taraqqiyot” yoʻnalishlari boʻyicha magistrlik dasturlariga tayyorgarlik kurslarida ishtirok etishadi. Shuningdek, Akademiyaning dasturlaridan biriga yoki boshqa biror bir xalqaro magistratura kursiga kirish uchun zarur boʻlgan ingliz tilida akademik yozish qobiliyatini ham oʻzlashtiradilar.

Dastur 1-26-avgust kunlari Bishkek va Issiqko'l shahrida boʻlib oʻtadi. Unda barcha Markaziy Osiyo davlatlari: Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moʻgʻuliston, Tojikiston va Turkmaniston yoshlari ishtirok etishadi. Dastur orqali oʻz koʻnikmalaringizni oshirish bilan birgalikda yangi doʻstlar orttirish va Qirgʻizistonga sayohat qilish imkoniyatiga ega boʻlish mumkin.

Yozgi maktab ishtirokchilari quyidagi sohalar boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirishadi:

  1. Birinchi yoʻnalishda:

“Iqtisodchilar uchun matematika” kursida matritsaning asosiy nazariyasi va koʻp oʻlchovli funksiyalarning differensial hisobi oʻrganiladi. Ushbu kurs quyidagi mavzularni oʻz ichiga oladi: matritsalar va ularni chiziqli tenglama tizimlariga tatbiq etish, oddiy va qisman hosilalar, total differensial, Teylor teoremasi, noaniq va aniq integrallar, cheklanmagan va cheklangan optimallash usullari. Barcha tushunchalar iqtisodiy qoʻllanmalar bilan tasvirlangan.

“Ehtimollar nazariyasi va statistika” kursida zamonaviy iqtisodiy tahlilning muhim qismi hisoblangan statistikaning asosiy tushunchalari va vositalarini tushuntirib beriladi. Ushbu kurs quyidagi mavzularni oʻz ichiga oladi: diskret va uzluksiz tasodifiy oʻzgaruvchilar va ehtimollik taqsimoti, ularning xossalari va sonli xususiyatlari, namunaviy statistika, namuna taqsimoti, gipotezalarni sinash, fundamental taxmin va xulosasiz statistik usullar, shu jumladan maksimal ehtimollik, momentlar usuli va eng kichik kvadratlar usullari. Barcha usullar Stata dasturidan foydalangan holda kompyuterga asoslangan iqtisodiy misollar bilan tasvirlangan.

Ingliz tilida Akademik yozish kursi yozuv uslubi, shakli va tashkiliy tuzilishi toʻgʻrisida bilimlaringizni oshirishga yordam beradi. Ushbu kursda namunaviy matnlarni tahlil qilish va ularning elementlarini aniqlash orqali yozish mahoratingizni oshirishga erishish mumkin.

  2. Ikkinchi yoʻnalishda:

“Ijtimoiy fanlar boʻyicha tadqiqot usullariga kirish” kursi aspirantlar va magistratura talabalarining mustaqil tadqiqot loyihalariga tayyorgarlik koʻrishlariga yordam berish maqsadida tashkil etilgan. Kurs talabalarni tadqiqot usullarining xilma-xilligi, har bir uslubning mantiqiyligi va dolzarbligi, konseptual qurilish materiallari va ijtimoiy tadqiqotlarning falsafiy asoslari bilan tanishtiradi.

Shuningdek, talabalarga ijtimoiy tadqiqotlar loyihasida nimani qanday qilish mumkinligi haqida tanqidiy tushunchalarni olishga yordam beradi. Har qanday tadqiqot loyihasida qanday asosiy elementlar, toifalar va masalalarni aniqlash kerakligini tushunish; tadqiqot uchun qanday muayyan yondashuvda qanday qiyinchiliklar va munozaralar boʻlishi mumkinligini anglab yetish; ijtimoiy tadqiqotlarning turli xil eng mashhur usullarida mantiqiy asoslarni, vositalarni tushunishga yordam beradi.

Ingliz tilida Akademik yozish kursi yozuv uslubi, shakli va tashkiliy tuzilishi toʻgʻrisida bilimlaringizni oshirishga yordam beradi. Ushbu kursda namunaviy matnlarni tahlil qilish va ularning elementlarini aniqlash orqali yozish mahoratingizni oshirishga erishish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moʻgʻuliston, Tojikiston va Turkmaniston fuqarolari topshira oladi;
  • Iqtisodiyot, xalqaro munosabatlar, siyosatshunoslik va shunga aloqador sohalar bo'yicha bakalavrning oxirgi kurs talabalari va uni tugatganlar topshrishi mumkin;
  • Ingliz tilini myuqori darajada (Advanced) bilish kerak;
  • Markaziy Osiyodagi xalqaro munosabalarga qiziqishi kerak.

Foydali tomonlari

  • 4 hafta uchun 450 yevro stipendiya ajratiladi;
  • Markaziy Osiyo davlatlaridan Bishkekkacha avia chipta qoplanadi;
  • Viza masalasida yordam beriladi.

Eslatma: Dastur ishtirokchining tibbiy sugʻurtasi va oila aʼzolarining xarajatlarini qoplamaydi. Biroq, Bishkekka sayohat qilish va shaharda yashash joyi topish bilan bogʻliq barcha masalalarda yordam beradi. Moliyaviy mablagʻ bilan qoʻllab-quvvatlash dastur fondiga bogʻliq va fond tanlov asosida ajratiladi.

Hujjat topshirish

Ushbu havola orqali registratsiyadan oʻtish kerak va yoʻnalishlardan birini tanlab hujjatlarni taqdim etish mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Qoʻshimcha savollar uchun:

  1. Siyosat va xavfsizlik boʻyicha magistr: MA-PS@osce-academy.net 
  2. Iqtisodiy boshqaruv va rivojlanish dasturi boʻyicha magistr: MA-EGD@osce-academy.net  
Qirgʻiziston
The OSCE akademiyasidan talabalar uchun barcha xarajatlari qoplanadigan 4 haftalik yozgi maktab

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar