Tavsif
EMTM (The European Master in Tourism Management) — Yevropada Turizm yoʻnalishida oʻqish imkoniyatini beruvchi dastur hisoblanib, unga bakalavr, magistratura bosqichini yuqori baholar bilan quyidagi yoʻnalishlarda tamomlagan yoshlar ariza topshirishlari mumkin:
- turizm
- iqtisodiyot
- biznes boshqaruvi
- geografiya
- ijtimoiy yoki gumanitar fanlardagi boshqa tegishli sohalar
EMTM ning asosiy maqsadlari:
- Turizim sohasidagi mutaxassislarni strategik boshqarish va va samarali qarorlar qabul qilishga tayyorlash;
- Boʻlajak mutaxassislarga turizmni rivojlantirish dinamikasi, boshqaruv tamoyillari, atrof-muhit muammolari, innovatsiyalar uchun madaniy xilma-xillik va ijodkorlikning roli va turistik tarmoqlarni boshqarish, mijozlarga xizmat koʻrsatish sifatini boshqarish boʻyicha mukammal bilimlar berish;
- Turizmni boshqarish sohasida yetakchi tadqiqotchilarni tayyorlash.
Dastur ikki yilga mo'ljallangan bo'lib, shu yillar ichida Yevropadagi eng nufuzli 3 ta universitetda o'qish imkoniyatini beradi:
- Girona universiteti (Kataloniya, Ispaniya) - Turizm sohasida tadqiqot, sayyohlik mahsulotlarini ishlab chiqish va manzillarni boshqarish boʻyicha izlanishlari bilan mashhur;
- Janubiy Daniya universiteti (Daniya) - Turizmni barqaror rivojlantirish sohasidagi tadqiqotlari va taʼlimi yoʻnalishlari boʻyicha xalqaro miqyosda tan olingan;
- Lyublyana universiteti (Sloveniya) - Turizm siyosatini loyihalash va turizmni atrof-muhitini boshqarish, iqtisodiyot boʻyicha tan olingan universitet.
Dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlarga Turizm Menejmenti sohasida qoʻshma diplom (Master of Science in Tourism Management) darajasi beriladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali bilib olish mumkin.
Grant haqidagi maʼlumotlar bilan GrantGO tomonidan tayyorlangan quyidagi video/ovozli chat orqali ham tanishish mumkin: