Yevropadagi nufuzli universitetlardan biri — Southern Denmark tomonidan magistratura bosqichida oʻqish uchun toʻliq qoplanuvchi grant va 3000 Daniya kroni miqdorida oylik stipendiya
Daniya Daniya
31 Avg, 2021 · Muddat tugagan

Yevropadagi nufuzli universitetlardan biri — Southern Denmark tomonidan magistratura bosqichida oʻqish uchun toʻliq qoplanuvchi grant va 3000 Daniya kroni miqdorida oylik stipendiya

Magistratura To‘liq taʼlim To'liq moliyalash

Tavsif

Daniya hukumati tomonidan chet elda oʻqishni istagan talablarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Southern Denmark universitetida magistratura bosqichida oʻqish uchun toʻliq qoplanuvchi grant va 3000 Daniya kroni miqdorida oylik stipendiya taqdim etiladi. Southern Denmark Universiteti Yevropadagi eng nufuzli oliygohlardan biri hisoblanib, oʻzining kuchli tadqiqotchilar jamoasi bilan ajralib turadi.

Grantga arizalar 2021-yil 1-sentyabrgacha qabul qilinadi, undan keyin topshirilgan arizalar uchun grant ajratilmaydi. Oʻqish ingliz tilida boʻlib oʻtadi. 

Sodenburg universiteti koʻplab xalqaro universitetlar bilan koʻp yillik hamkorlikni yoʻlga qoʻyganligi sababli, grant gʻoliblariga oʻqishlarini tamomlaganlaridan soʻng xalqaro kompaniyalarda birinchi ishlarini topishlariga yordam beradi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Yevropa Ittifoqi tarkibidagi yoki Yevropa Iqtisodiy zonasiga kiruvchi davlat fuqarosi boʻlmasligi (Oʻzbekistonliklar topshirishi mumkin);
  • Bakalavr bosqichini Injiniring sohasida yoki shunga yaqin yoʻnalishlarda tamomlagan boʻlishi;
  • Dastur ingliz tilida boʻlganligi sababli, ingliz tilini yuqori darajada bilishi soʻraladi.
  • Bakalavr bosqichida olgan baholari transkripti har bir fan boʻyicha batafsil koʻrsatilishi kerak.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Toʻliq oʻqish pulidan ozod etiladi va qoʻshimcha 3000 Daniya kroni miqdorida har oy stipendiya ajratiladi;
  • Sodenburg universiteti bilan hamkorlik qiluvchi Xalqaro kompaniyalarga ishga kirish imkoniyati beriladi.

Topshirish jarayoni

Quyidagi link orqali roʻyxatdan oʻtib, ariza shaklini tanlab hujjatlaringizni topshirishingiz mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Grantga topshirish boʻyicha qoʻshimcha savollaringizga quyidagi email orqali javob olishingiz mumkin: scholarship@sdu.dk

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Daraja

    Magistratura

  • Soha

    Kompyuter fanlari va IT, Dasturiy injiniring, Muhandislik va texnologiya, Elektrotexnika, Mexatronika

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18

Daniya Yevropadagi nufuzli universitetlardan biri — Southern Denmark tomonidan magistratura bosqichida oʻqish uchun toʻliq qoplanuvchi grant va 3000 Daniya kroni miqdorida oylik stipendiya
31 Avg, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.