Tavsif
Erasmus Mundus Master Course 4CITIES Program bu Yevropaning yetakchi universitetlarida shaharshunoslik boʻyicha ikki yillik magistratura bosqichida oʻqish imkoniyatini taqdim etuvchi dastur hisoblanadi. Ushbu dasturda talabalar Bryussel, Vena, Kopengagen va Madriddagi oltita hamkor universitetlardan qoʻshma darajaga (Master of Science in Urban Studies) ega boʻlishlari mumkin. Barcha darslar toʻliq ingliz tilida oʻqitiladi.
Dastur 2022-yil sentyabr oyi oʻrtalarida Bryussel shahrida boshlanadi va 2024-yil yanvar oyida Madrid shahrida yakunlanadi. 4CITIES uchun maxsus oʻquv dasturi ishlab chiqilgan boʻlib, har bir qabul qiluvchi shahar, universitet va kafedra yoki tadqiqot institutining koʻrsatmalariga asoslanadi.
Darslar soha boʻyicha nazariy va amaliy koʻnikmalar, qolaversa, keng koʻlamli ekskursiyalar orqali olib boriladi. Ishtirokchilar globallashuv va urbanizatsiyaning davom etayotgan jarayonlari va oqibatlarini tasvirlash va hal qilish uchun shahar muammolarini hal qilish va yangi strategiyalarni ishlab chiqishda ishtirok etadi. Talabalar mikro va makro darajada shahar tizimlari va elementlarini tahlil qilish imkoniyatiga ega boʻladilar. Oʻquv dasturi haqida batafsil ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.
Har yili 600-800 nafar nomzodlar ariza topshiradi va ulardan 40 nafar ishtirokchilar grant sohibiga aylanadilar.
Grant haqidagi maʼlumotlar bilan GrantGO tomonidan tayyorlangan quyidagi video/ovozli chat orqali ham tanishish mumkin: