Tavsif
Yevrosiyo Startap Mukofoti (Euro Asian Startup Awards) — dunyodagi eng yirik mustaqil startap musobaqasi boʻlib, butun dunyodan tashrif buyuruvchi eng faol investorlar, kuchli startapchilar, xalqaro biznes murabbiylari, top menejerlar va biznes egalarini bir yerda jamlaydi. Toʻqqiz mamlakat — Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Gruziya, Qozogʻiston, Moldova, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Ukraina va Oʻzbekiston - EASAning mehmon davlatlari hisoblanadilar.
Ishtirokchilar dunyo miqyosida tanilishlari, tanishlar orttirishlari va investorlar oldida oʻz loyihalarini taqdim etishlari mumkin. Gʻoliblar esa tanlov soʻnggida homiylar tomonidan taqdim etiladigan qimmatli sovgʻa hamda servislardan foydalanish imkoniyatini qoʻlga kiritibgina qolmay, dastur doirasida loyihalarini bepul targʻib qilish, kelajakda esa eng kuchli treninglarda ishtirok etish va boshqa huquqlarni qoʻlga kiritadilar. Tanlov dunyo miqyosida oʻtkazilayotgani bois ishtirokchilar ingliz tilini yetarli darajada bilishlari lozim.
Ishtirokchilar quyidagi yoʻnalishlardan bir yoki bir nechtasi (qayta-qayta soʻrovnoma yuborish orqali) boʻyicha ariza berishlari mumkin:
- Sunʼiy Intellekt ustasi (The Master of Artificial Intelligence).
- Katta Axborot (Big Data).
- Turli yoʻnalishlar boʻyicha yil namunasi(Diversity Role Model of the Year).
- Eng zoʻr FinTex(Best FinTech).
- Yil Startapi (Startup of the Year).
- Xalq tanlovi (Peopleʼs Choice).
- Eng yaxshi yangi boshlovchi (Best Newcomer).
- Yil tashkilotchisi (Founder of the Year).
- Yilning eng yaxshi venchur kapitalisti (VC of the Year).
- Yilning eng yaxshi birgalikda ishlash muhiti (Best Co-working Space).
- Yilning eng yaxshi akselerator/inkubator dasturi (Best Accelerator/Incubator Program).
Dastur haqidagi toʻliq maʼlumot quyidagi video rolikda toʻliq yoritilgan. Taqdirlash marosimi 26-oktabr kuni Qozogʻistonning Nursulton shahrida, jonli tarzda oʻtkaziladi.