Yoʻnalishidan qatʼi nazar barcha bosqich talabalari uchun biznes-rejalar tanlovi. Tanlov gʻolibiga — 2000 Kanada dollari!
Kanada Kanada
30 Dek, 2024 · Muddat tugagan

Yoʻnalishidan qatʼi nazar barcha bosqich talabalari uchun biznes-rejalar tanlovi. Tanlov gʻolibiga — 2000 Kanada dollari!

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Heer Law Entrepreneurship Scholarship tanlovi oʻz biznesini yoʻlga qoʻymoqchi boʻlgan yosh tadbirkorlar uchun moʻljallangan. Tanlovda qaysi bosqich va yoʻnalishda oʻqishidan qatʼi nazar barcha talabalar ishtirok etishi mumkin.

Ishtirokchilardan oʻz biznes rejasini tuzishi yoxud hozirda mavjud biznes faoliyatining rejasini yuborishi talab etiladi.

Tanlov gʻolibi oʻz biznesini rivojlantirish uchun 2000 Kanada dollari (1,463 AQSH dollari) bilan taqdirlanadi.

Tanlov tashkilotchisi Kanadaning mashhur yuridik firmasi — Heer Law.

Heer Law Kanadaning Toronto shahrida joylashgan intellektual mulk boʻyicha yuridik firma hisoblanadi.

Ushbu firma intellektual mulk huquqi, intellektual mulk boʻyicha sud jarayonlari, patent va tovar belgisiga oid xizmatlari orqali biznesning rivojlanishi va foyda olishiga yordam beradi.

Heer Law 2022-yilgi “Yuridik firma — 500” mukofotlar tanlovida Shimoliy Amerikadagi eng tez rivojlanayotgan 99-chi yuridik firma sifatida tan olingan. Mazkur firmada Kanada va dunyoning eng yaxshi yuristlari faoliyat koʻrsatadi. Jumladan, firma yuristi boʻlgan Jorjina Danzig 2022-yilda intellektual mulk huquqi sohasidagi faoliyati uchun Kanadadagi eng yaxshi huquqshunos deb topilgan.

Heer Law yuridik firmasi haqida ushbu havola orqali batafsil bilib olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Ayni paytda universitet/kollejda oʻqiyotgan talaba boʻlishi yoki 2024-2025-yilda oʻqishni boshlash uchun qabul xatini olgan boʻlishi kerak;
  • Hozir oʻqiyotgan yoki kelajakda oʻqimoqchi boʻlgan taʼlim muassasasi bilan yaxshi aloqada boʻlishi lozim;
  • Elektron pochta orqali ism-familiyasi, yashash manzili, qaysi universitet va yoʻnalishda oʻqishi hamda qachon oʻqishni tugatishi (Yil va oy) haqida yozishi kerak;
  • 2024-yil 31-dekabr sanasigacha soʻralgan maʼlumotlarni yuborish talab etiladi. Shu bilan birga elektron pochta orqali intellektual mulk strategiyasini tavsiflovchi boʻlimni oʻz ichiga olgan biznes-rejani ham joʻnatish kerak.
  • Biznes-reja va soʻralgan maʼlumotlar ingliz tilida yozilishi lozim.

Eslatma: Yuborilishi kerak boʻlgan biznes-reja bugungi kunda amalda boʻlgan biznes uchun ham, kelajakda boshlanishi koʻzlangan biznes uchun tatbiq etilishi mumkin.

Muvofiqlik talablari (Eligibility requirements) haqida batafsil maʼlumotni ushbu havoladan olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Mazkur tanlov gʻolibiga Kanadaning mashhur yuridik firmasi — Heer Law tomonidan 2000 Kanada dollari (1,463 AQSH dollari) mukofot sifatida beriladi.

Topshirish jarayoni

  • Tanlovda ishtirok etmoqchi boʻlgan talabalar soʻralgan maʼlumot va biznes-rejani scholarship@heerlaw.com elektron manziliga yuborishi kerak.
  • Ishtirok etish uchun toʻldirib topshirilishi kerak boʻlgan maxsus ariza shakli mavjud emas.

Tanlov qatnashish haqida batafsil maʼlumotni ushbu havola orqali oʻqish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Tanlovning oʻtgan mavsum gʻoliblari haqida ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin;

Ishtirokchilarning biznes gʻoyasi asosli, ishonchli va intellektual mulk strategiyasining bogʻliqlikligiga qarab baholanadi;

Gʻolib 2025-yil 31-yanvargacha aniqlanadi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

Kanada Yoʻnalishidan qatʼi nazar barcha bosqich talabalari uchun biznes-rejalar tanlovi. Tanlov gʻolibiga — 2000 Kanada dollari!
30 Dek, 2024
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.