Tavsif
Janubiy Koreyaning Younsei universiteti tomonidan koreys tilini oʻrganmoqchi boʻlganlar uchun maxsus onlayn kurslar tashkil etilgan. Ushbu kurslar Yonsei universitetining malakali professori Seung Hae Kang tomonidan olib boriladi va bunda barcha istagan paytda ishtirok etishi mumkin.
Ushbu boshlangʻich darajadagi koreys tili kursi 6 ta modul, 5 ta dars 4 boʻlimdan iborat boʻlib, kurs davomida ishtirokchilar oʻqish, yozish, tinglash va gapirish kabi koʻnikmalarini rivojlantira oladilar. Asosiy mavzular kundalik hayotda koʻp ishlatiladigan iboralarni oʻz ichiga oladi, masalan, salomlashish, oʻzini tanishtirish, oila va kundalik hayot haqida gapirish va hokazo. Har bir dars dialoglar, talaffuz, lugʻat, grammatika, viktorina va rolli oʻyinlarni oʻz ichiga oladi.
Kursni yakunlagan barcha ishtirokchilar maxsus sertifikatga ega boʻlish uchun maxsus toʻlovini amalga oshirishi kerak. Lekin sertifikat olmasdan bepul oʻrganish imkoni mavjud.