Tavsif
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi va Islom Taraqqiyot Banki bilan hamkorlikda yosh arxitektorlar va shaharsozlik mutaxassislari uchun shaharsozlik hujjatlarini takomillashtirish va innovatsion, kam uglerodli dizayn yechimlarini joriy etishga qaratilgan “Smart Rural Planning” tanlovini taqdim qiladi. Tanlov hududlar, shaharlar va qishloqlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda yoshlarni faol ishtirok etishga keng jalb etish maqsadida tashkil etilmoqda.
Tanlov 3 ta nominatsiya boʻyicha oʻtkaziladi:
- Smart rural settlement — qishloq hududining bosh rejasi (master-plan) yoki konseptual dizayni;
- Smart district — shahar yoki tumanning konseptual loyihasi, bosh reja (master-plan);
- Green building — jamoat binosi yoki ijtimoiy obyektning loyihasi.
Tanlov maqsadlari:
- Yangi dizayn va muhandislik gʻoyalarini izlash, bosh rejalarning jamoatchilik muhokamasini faollashtirish va ularning jamiyatdagi oʻrnini oshirish;
- Yosh arxitektorlarga oʻz salohiyatini namoyon etish va tajriba orttirish imkoniyati;
- Arxitektura-qurilish fakultetlari bitiruvchilari tomonidan ishlab chiqilgan diplom ishlarining sifatini oshirish;
- OAV eʼtiborini Oʻzbekistonda “aqlli” shahar va qishloqlarni rivojlantirish bilan bogʻliq dolzarb masalalarga jalb etish;
- Arxitektura va muhandislik yoʻnalishlari boʻyicha taʼlimni yoshlar orasida ommalashtirish;
- Yashil qurilish, barqaror arxitektura va “aqlli” shaharni rejalashtirish sohasini ilgari surish.