Tavsif
Yosh fotosuratchilar uchun xarajatlari toʻliq qoplanadigan xalqaro rezidentlik dasturi — Young International Photography 2025 taqdim etiladi. Jami 6 nafar nomzod saralab olinishi rejalashtirilgan.
Dasturdan asosiy maqsad yosh ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash, oʻz ijod namunalarini yaratish va tajribaga ega boʻlishda erkinlik berish, turli uchrashuvlar tashkil qilish orqali tajriba almashish hamda boshqa ishtirokchilar bilan fikr almashish imkoniyatini yaratishdan iborat.
Tanlangan ishtirokchilarga Pour lʼInstant assotsiatsiyasi tomonidan boshqariladigan Villa Perochon zamonaviy foto sanʼati markazi jamoasi tomonidan toʻliq texnik yordam koʻrsatiladi. Texnik markaz yaʼni oq-qora qorongʻi xona va professional uskunalar bilan jihozlangan raqamli ustaxona nomzodlarga foydalanish uchun ajratiladi.
Dastur 2025-yilning 10-aprelidan 28-aprelgacha Fransiyaning Nouvelle-Akvitaniya mintaqasidagi Niort shahrida boʻlib oʻtadi.
Rezidentlik dasturi doirasida 2 ta tadbir oʻtkaziladi:
- Koʻrgazmaning ochilishi. Bunda ariza shaklida yuborilgan ijodiy ishlarning koʻrgazmasi boʻladi va u 2025-yil 4-apreldan dastur soʻnggiga qadar davom etadi. Koʻrgazmada ishlar asl nusxada yoki muallif tomonidan taqdim etilgan raqamli fayllar asosida Niortda chop etilgan suratlar koʻrinishida taqdim etiladi:
- Koʻrgazmaning yopilishi. Jarayon dastur yakunlangandan boshlab 2025-yil may oyining oxiriga qadar oʻtkaziladi. Ishtirokchilardan dastur davomida ana shu koʻrgazma uchun maxsus ijodiy ish yaratishlari soʻraladi. Koʻrgazmaga qoʻyilgan asarlar soni boʻyicha hech qanday cheklov qoʻyilmaydi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.