Yosh iqtisodchilar uchun Jahon Savdo Tashkiloti tomonidan inshоlar tanlovi; gʻolib muallifga $5,714 miqdorida mukofot taqdim etiladi!
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
02 Iyn, 2024 · Muddat tugagan

Yosh iqtisodchilar uchun Jahon Savdo Tashkiloti tomonidan inshоlar tanlovi; gʻolib muallifga $5,714 miqdorida mukofot taqdim etiladi!

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Har yili oʻtkazib kelinadigan Jahon Savdo Tashkiloti (JST)ning insholar tanlovi 2024-yil uchun yosh iqtisodchilardan inshоlar qabulini eʼlon qildi.

Tanlov va mukofotning maqsadi savdo siyosati va xalqaro savdo hamkorligi boʻyicha yuqori sifatli tadqiqotlarni ragʻbatlantirish hamda JST va akademik hamjamiyat oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlashdir. Inshоlar 2024-yil 3-iyungacha topshirilishi lozim.

Gʻolib deb topilgan maqola muallif(lar)iga pul mukofoti taqdim etiladi va maqola Yevropa Savdoni oʻrganish guruhining (ETSG) yillik yigʻilishida rasman eʼlon qilinadi.

Shuningdek, inshо JST ishchi hujjati seriyasida chop etilishi mumkin. Jurnalda oʻz ishini chop etishni taʼminlashga harakat qilish muallif(lar)ning javobgarligidir.

Tanlov haqida batafsil rasmiy eʼlon orqali tanishib chiqish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Talablar:

  • Inshо savdo siyosati va xalqaro savdo hamkorligi bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqishi kerak;
  • Inshоning muallif(lar)i PhD darajasiga ega boʻlishi yoki uni tamomlash arafasida boʻlishi kerak va agar 30 yoshdan oshgan boʻlsa, PhD himoyasidan ikki yildan ortiq boʻlmagan boʻlishi lozim;
  • Hammualliflik ishlari boʻlsa, talablar barcha mualliflarga nisbatan qoʻllaniladi;
  • Bundan tashqari, mukofot uchun koʻrib chiqiladigan insholar 15 000 soʻzdan oshmasligi kerak.

Imtiyozlar va qulayliklar

Tanlov gʻoliblari quyidagi imtiyozlarga ega boʻlishadi:

  • 5,000 Shveysariya franki ($5,714) miqdorida mukofot (maqola hammuallifi boʻlsa, mukofot mualliflar oʻrtasida teng taqsimlanadi);
  • Gʻolib boʻlgan maqola xalqaro savdoga ixtisoslashgan eng yirik konferensiya boʻlgan Yevropa Savdoni oʻrganish guruhining (ETSG) yillik yigʻilishida rasman eʼlon qilinadi;
  • Gʻoliblarni taqdirlash marosimi 2024-yil 12-14 sentyabr kunlari Gretsiyadagi Afina universitetida boʻlib oʻtadi. boʻlib oʻtadi. Gʻolib muallif yigʻilishda qatnashishi uchun mablagʻ beriladi.

Topshirish jarayoni

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar essay.award@wto.org elektron pochta manziliga yuborilishi lozim:

  • Inshо (Essay);
  • Muallif(lar)ning qaysi muassasadan ekanligi, PhD darajasini bergan(berishi kutilayotgan) muassasa, PhD darajasini olgan(olishi kutilayotgan) yil, tugʻilgan sanasi kabi maʼlumotlarni ichiga olgan CV.

Taqdim etilgan hujjatlar PDF formatida alohida ilova sifatida boʻlishi kerak.

Qo'shimcha ma'lumot

  • JST Kotibiyatining Iqtisodiy tadqiqotlar va statistika boʻlimi 2024-yilning 17-iyuniga qadar munosib inshоlar roʻyxatini tuzadi va saralash guruhi 2024-yil 8-iyulgacha yakuniy qaror qabul qiladi. Faqat saralangan inshо muallif(lar)iga haqida xabar beriladi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

AQSh Yosh iqtisodchilar uchun Jahon Savdo Tashkiloti tomonidan inshоlar tanlovi; gʻolib muallifga $5,714 miqdorida mukofot taqdim etiladi!
02 Iyn, 2024
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.