Tavsif
Turkiya Respublikasi Yoshlar va sport vazirligi hamda Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar yoshlarini jurnalistika, raqamli va ijtimoiy media masalalarini oʻrganishiga imkon beruvchi “ICYF International Media Training Camp” tashkil etadi.
Dasturning asosiy maqsadi:
Yosh jurnalistlarni digital storytelling — raqamli hikoyalar orqali axborotni samarali yetkazib berishlarini qoʻllab-quvvatlash.
Dastur davomida ishtirokchilar quyidagi bilim va tajribalarga ega boʻlishlari kutiladi:
- Yosh jurnalistlarga raqamli media ishonchliligini tushunish va baholash imkoniyati beriladi;
- Ishtirokchilar oʻrtasida ommaviy axborot vositalari haqidagi shaxsiy tajribalari va asosiy ommaviy axborot vositalarining noaniqligi baʼzan kichikroq jamoalar uchun qanday muammolarni keltirib chiqarishi bilan boʻlishish;
- Turli jamoalarda yoshlar ommaviy axborot vositalarining ishtirokini ragʻbatlantirish;
- Ishtirokchilarning ijtimoiy voqeliklarini aks ettiruvchi media ish yoʻnalishlari va strategiyalarini yaxshilash;
- Jurnalistika sohasida maʼlumot qanchalik muhimligini anglash, yolgʻon maʼlumot va reportajlar tayyorlash davomida ishonchli manbalarda foydalanish;
- OAV orqali yoshlarning meros, til, madaniyat va oʻzlikni anglash bilan bogʻliqligini mustahkamlash.
Dastur boʻlib oʻtadigan manzil va sana:
- Marmarajik yoshlar lageri, Sarıyer, Istanbul, Turkiya
- Erkaklar uchun: 4-9 iyun
- Ayollar uchun: 11-16 iyun