“Yosh kitobxon oila tanlovi. Eng muvaffaqiyatli yosh oilani Prezident sovgʼasi — "Spark" avtomashinasi kutmoqda.

“Yosh kitobxon oila tanlovi. Eng muvaffaqiyatli yosh oilani Prezident sovgʼasi — "Spark" avtomashinasi kutmoqda.

  • 17/05/2021 Qabul boshlanishi
  • Mukofot Moliyalash turi
  • Oʻzbekiston Davlat
  • 30.05.2021 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi
  • Dastur tili
    Rus tili, O'zbek tili
  • Yosh chegarasi
    18 yoshdan 30 yoshgacha

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Yoshlar ishlari agentligi bir qator mutasaddi tashkilotlar hamkorligida Prezidentning besh muhim tashabbusi doirasida yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ma’naviy-intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirish, kitobxonlikni mamlakatimiz boʼylab koʼnikmaga aylantirish, joylarda adabiy muhit yaratish maqsadida “Yosh kitobxon oila” respublika tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov millionlab kitobxonlarni birlashtirgan "Yosh kitobxon"ning uzviy davomi sifatida ziyoli yosh oilalar qatlamini rivojlantirishga xizmat qiladi.

3 bosqichli tanlovning barcha jarayonlari bilan bogʼliq boʼlgan adabiyotlarni bepul yuklab olishingiz mumkin. Tanlov Nizomi ushbu havolada

Maqbullik shartlari

  • Tanlovda 18 yоshdan 30 yoshgacha bo'lgan 1994-2006-yillar oralig‘ida tug‘ilgan yosh oilalar (er va xotin) ishtirok etish huquqiga ega;
  • Tanlovda yosh oilalar o‘zlari yashayotgan yoki o‘zlari o‘qiyotgan (ishlayotgan) muassasasi joylashgan hududdan ishtirok etadi.

Foydali tomonlari

G'oliblar hududiy va respublika bosqichi bo'yicha aniqlanadi:

Hududiy bosqich g'oliblariga:

1-o'rin. Kir yuvish mashinasi, maxsus diplom

2-o'rin. Televizor, maxsus diplom

3-o'rin. Kitoblar to'plami, maxsus diplom

Hududiy bosqichning qolgan barcha ishtirokchilari maxsus diplomlar bilan taqdirlanadilar.

Respublika bosqichi g'oliblariga:

  • 1-o'rin. Prezident Sovg'asi “Spark” avtomashinasi, kitoblar to'plami, maxsus diplom
  • 2-o'rin. Bir dona kompyuter jamlanmasi, kitoblar to'plami, maxsus diplom
  • 3-o'rin. Kitoblar to'plami, maxsus diplom

Respublika bosqichining qolgan barcha ishtirokchilar maxsus diplom va kitoblar to'plami bilan taqdirlanadilar.

Hujjat topshirish

Ishtirok etish istagida boʼlgan yosh oilalar @kitobxonoila_bot orqali joriy yilning 30-may sanasiga qadar roʼyxatdan oʼtishlari lozim.

Tanlov 3 bosqichda bo'lib o'tadi:

1-bosqich. Arizalar qabul qilish va saralash bosqichi bo‘lib, unda tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan yosh oilalardan arizalar onlayn qabul qilinadi va ishtirokchilar test sinovi asosida saralanadi.

Test sinovi may oyida o‘tkaziladi. Unda ariza topshirgan yosh oilalar ilmiy-ommabop, o‘zbek va jahon adabiyotiga, buyuk adiblarimiz hayoti va ijodiga oid 50 ta test savollariga javob beradi.

Har bir to‘g‘ri javob uchun 2 balldan belgilanadi.

Test natijalariga ko‘ra tuman (shahar)lar kesimida eng ko‘p ball to‘plagan  2 ta oila (2 tadan ko‘p oilalar o‘rtasida qayta test olish orqali saralanadi) ishtirokchilar keyingi (ikkinchi) bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

2-bosqich. Hududiy (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar) bosqichi bo‘lib, iyun-iyul oylari davomida quyidagi 2 ta shart bo‘yicha kasting asosida o‘tkaziladi:

1-shart. “Tezkor savol-javob” sharti. 

Ushbu shartda Ekspertlar komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan adabiyotlardan tuzilgan 4 ta savolga 4 ta javob berish so‘raladi (oila a’zolaridan 2 ta savolga er, 2 ta savolga xotin javob berishi shart). Ishtirokchi bilimini tekshirish maqsadida Hakamlar hay’ati tomonidan qo‘shimcha savollar berilishi mumkin.

Ishtirokchilar savollarni bilet tortish orqali tanlaydi, tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt ajratilmaydi, har bir savolga javob berish uchun 1 daqiqa vaqt belgilanadi. Mazkur shart uchun 100 ballgacha baho beriladi.

2-shart. “Badiiy asarlar bilimdoni” sharti. 

Ushbu shartda biror asardagi syujetga oid epizod o‘qib eshittiriladi. Ishtirokchidan ushbu asar nomini topishi hamda uning mazmun-mohiyati, g‘oyasi va ahamiyati to‘g‘risida sharhlab berishi so‘raladi. Sharhlash jarayonida ishtirokchining bilimini tekshirish maqsadida Hakamlar hay’ati tomonidan qo‘shimcha savollar berilishi mumkin.

Tayyorgarlik ko‘rish uchun 1 daqiqa, javob berish uchun 2 daqiqa vaqt belgilanadi. Mazkur shart uchun 100 ballgacha baho beriladi. Asar nomi to‘g‘ri topilganda 50 ball qo‘yiladi (topilmasa 0 ball) hamda ishtirokchiga asar nomini topaolmasa ham sharhlash imkoniyati beriladi va 50 ballgacha baholanadi.

Ikkita shart bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan bitta yosh oila Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

3-bosqich. Tanlovning Respublika bosqichi bo‘lib, iyul oyida teletanlov shaklida, quyidagi 3 ta shart asosida o‘tkaziladi:

1-shart. “Badiiy asarlar bilimdoni” sharti. 

Ushbu shartda biror asardagi syujetga oid epizod o‘qib eshittiriladi. Ishtirokchidan ushbu asar nomini topishi hamda uning mazmun-mohiyati, g‘oyasi va ahamiyati to‘g‘risida sharhlab berishi so‘raladi. Sharhlash jarayonida ishtirokchining bilimini tekshirish maqsadida Hakamlar hay’ati tomonidan qo‘shimcha savollar berilishi mumkin.

Tayyorgarlik ko‘rish uchun 1 daqiqa, javob berish uchun 2 daqiqa vaqt belgilanadi. Mazkur shart uchun 100 ballgacha baho beriladi. Asar nomi to‘g‘ri topilganda 50 ball qo‘yiladi (topilmasa 0 ball) hamda ishtirokchiga asar nomini topaolmasa ham sharhlash imkoniyati beriladi va 50 ballgacha baholanadi.

2-shart. “Tezkor savol-javob” sharti. 

Ushbu shartda Ekspertlar komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan adabiyotlardan tuzilgan 4 ta savolga 4 ta javob berish so‘raladi (oila a’zolaridan 2 ta savolga er, 2 ta savolga xotin javob berishi shart). Ishtirokchi bilimini tekshirish maqsadida Hakamlar hay’ati tomonidan qo‘shimcha savollar berilishi mumkin.

Ishtirokchilar savollarni bilet tortish orqali tanlaydi, tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt ajratilmaydi, har bir savolga javob berish uchun 1 daqiqa vaqt belgilanadi. Mazkur shart uchun 100 ballgacha baho beriladi.

3-shart. “Erkin mavzu”.

Ushbu shartda ishtirokchilar Ekspertlar komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan mavzulardan birini bilet tortish orqali tanlaydi va ushbu mavzuda monolog yoki ma’ruza tayyorlash orqali o‘z fikrini bayon qilib berishi so‘raladi.

Ishtirokchilarga (faqat erkaklar ishtirok etadi) tayyorgarlik ko‘rish uchun 1 daqiqa, javob berish uchun 2 daqiqa vaqt belgilanadi. Mazkur shart uchun 100 ballgacha baho beriladi. 

13. Tanlovning saralash, hududiy va respublika bosqichlari bo‘lib o‘tadigan joyi, sanasi Respublika ishchi guruhi tomonidan belgilanadi hamda 3 kun oldin ishtirokchilarga ma’lum qilinadi. 

14. Tanlovlar jarayonida foydalaniladigan savollar va testlar majmuasi Ekspertlar komissiyasi tomonidan tanlovning barcha bosqichlari uchun alohida tuziladi, maxsus konvertlarga solinib muhrlanadi hamda joylarga yetkaziladi.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

3 bosqichli tanlovning barcha jarayonlari bilan bogʼliq boʼlgan adabiyotlarni bepul yuklab olishingiz mumkin. Tanlov nizomi bilan ushbu havolada batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.

Oʻzbekiston
“Yosh kitobxon oila tanlovi. Eng muvaffaqiyatli yosh oilani Prezident sovgʼasi — "Spark" avtomashinasi kutmoqda.

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar