"Yosh menejer" loyihasining beshinchi mavsumi!

"Yosh menejer" loyihasining beshinchi mavsumi!

  • 15/03/2023 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Oʻzbekiston Davlat
  • 30.03.2023 Oxirgi muddat

Umumiy maʻlumotlar

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta tashabbusi loyiha ofisi hamda MBM IT kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan "Yosh Menejer" dasturi 5-mavsumi uchun nomzodlarni qabul qilish jarayoni boshlandi. 

Ushbu dasturning vazifasi har tomonlama boshqaruv qobiliyatiga ega kadrlarni shakllantirishdan iborat.

Yosh Menejer dasturi 2 oy ishtirokchilarga nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy ko'nikmalarni ham taqdim etadi. Shuningdek, loyiha qatnashchilarida amaliyot davomida ishga joylashish imkoniyati ham mavjud. 

Yo'nalishlar:
1. Loyihalar boshqaruvi
2. Shaxsiy rivojlanish

Dasturga 2 bosqichli saralash jarayonidan oʻtgan ishtirokchilar qabul qilinadi. 

Maqbullik shartlari

Loyihada qatnashish uchun nomzodlarga qoʻyilgan talablar:

  • Nomzodlar ingliz, rus, oʻzbek tilida ish yuritish, erkin soʻzlashish va yoza olish qobiliyatiga ega boʻlishlari;
  • 18-28 yosh oraligʻidagi Toshkent shahri va viloyati hududida istiqomat qiluvchi yoshlar qatnashishlari mumkin;
  • Loyiha boshqaruvi boʻyicha tushunchaga ega boʻlgan va turli loyihalarda volontyor sifatida ishtirok etganlarga ustunlik beriladi.

Foydali tomonlari

  • Kurslar oflayn shaklda boʻlib oʻtadi;
  • Dastur davomida Top 5 ta korxonaga ekskursiyalar uyushtiriladi;
  • Kursni bitirgandan soʻng ishga joylashish yoki oʻz loyihasini boshlash imkoniyatiga ega boʻladi.

Hujjat topshirish

Loyihada ishtirok etish tartibi quyidagicha:
1. Registratsiyadan oʻtib, ariza qoldiriladi.
2. Arizalari asosida sarlanganlar intervyuga chaqiriladi.

Eslatma: Loyihada qatnashish uchun to'lov oyiga 500 000 so'mni tashkil qiladi. 

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Murojaatlar uchun: @young_manager_support

Telegram: https://t.me/yosh_menejer_uz

Oʻzbekiston
"Yosh menejer" loyihasining beshinchi mavsumi!

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar