Yosh mutaxassilar uchun Yekaterinburg shahrida 5 kunlik XVIII Diplomatik seminar dasturi
Rossiya Rossiya
29 Apr, 2022 · Muddat tugagan

Yosh mutaxassilar uchun Yekaterinburg shahrida 5 kunlik XVIII Diplomatik seminar dasturi

Bakalavr +1 Konferensiya To'liq moliyalash

Tavsif

Gorchakov Fondi hozirda Ural federal okrugi poytaxti bo‘lmish Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tadigan yosh mutaxassislar uchun XVIII Diplomatik seminarga arizalarni qabul qilmoqda.

Seminar 2012-yildan beri an'anaviy tarzda tashkil etilib kelinayotgan bo‘lib, shu kunga qadar 30 dan ziyod mamalakatlardan kelgan 300dan ortiq mutaxassislarni bir yerga jamladi. Loyiha doirasida xalqaro munosabatlar va global xavfsizlik sohasidagi yetakchi olimlar, taniqli siyosatshunoslar, siyosatchilar va tarixchilar, jamoat tashkilotlari vakillari, olimlar bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi (joylat soni: 50 ta).

Seminar o‘tkazilish sanalari: 29 may – 2 iyun, 2022-yil.

O‘tkazilish joyi: Yekaterinburg.

Tadbirning ish tili: rus tili.

Seminarning bu yilgi mavzusi: global xavfsizlik masalalari, xalqaro munosabatlar tizimini qayta formatlash va postsovet hududidagi integratsiya jarayonlari.

Dastur davomida yashash, ovqatlanish hamda ichki safar xarajatlari uchun pul talab qilinmaydi. Batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda 18-30 yosh orasidagi:

  • xalqaro munosabatlar, siyosatshunoslik, jurnalistika, iqtisod va huquq yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriat va magistratura bosqichidagi talabalar;
  • jamoat tashkilotlari, talabalar uyushmalari va yoshlar harakati vakillari; 
  • Rossiya, MDH davlatlari, Yevropa va Osiyo mintaqalaridan yosh olimlar va tarixchilar;
  • tashqi siyosatdagi masalalari bilan shug'ullanuvchi xalqaro jurnalistlar qatnasha oladilar.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Turar joy, ovqatlanish va Yekaterinburg bo‘ylab sayohat xarajatlari tadbir tashkilotchilari tomonidan to‘lanadi;
  • Shuningdek, uchta eng yaxshi insho mualliflariga yashash joyidan Yekaterinburggacha borish va qaytish xarajatlari ham qoplab beriladi. 

 Eslatma: Inshosi TOP 3talikka kirmagan, ammo dasturda qatnashish istagida bo‘lganlar yashash manzillaridan Yekaterinburggacha va qaytish uchun yo‘l xarajatlarini o‘zlari to‘lashlari kerak.

Topshirish jarayoni

Tanlovda ishtirok etish uchun dastlab Gorchakov Fondi veb-saytidan ro'yxatdan o'tish, so'ng esa mana bu sahifa orqali anketani to'ldirish kerak. 

Arizaga ilova qilinishi kerak:

Tadbir kun tartibidagi mavzulardan biri - global xavfsizlik masalalari, xalqaro munosabatlar tizimini qayta formatlash va postsovet hududidagi integratsiya jarayonlari bo‘yicha  (5000 belgidan oshmagan) insho.
Ariza topshirishning oxirgi muddati Toshkent vaqti bilan 30-aprel,  01:59.

Qo'shimcha ma'lumot

Tanlov natijalari haqida barcha nomzodlar elektron pochta orqali xabardor qilinadi.

Qo'shimcha savollar bilan quyidagi manzillarga murojaat qilish mumkin:

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Konferensiya

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Daraja

    Bakalavr, Magistratura

  • Dastur tili

    Rus tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18, Max: 30

  • Jins

    Erkak, Ayol

Rossiya Yosh mutaxassilar uchun Yekaterinburg shahrida 5 kunlik XVIII Diplomatik seminar dasturi
29 Apr, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.