Tavsif
AQSH davlat departamenti va AQShning xalqaro ta'lim uchun mas'ul elchixonasi bilan hamkorlikda biznes sohasida kamida ikki yillik tajribaga ega mutaxassislar uchun bir oylik toʻliq qoplanuvchi Uzbekistan Business Leaders dasturi e'lon qilinadi.
Dastur Oʻzbekistonlik yosh biznes egalariga 4 hafta mobaynida AQSH tajribasini oʻrganib, oʻz sohalariga oid turli xil seminar-treninglarda qatnashib tajriba orttirish imkoniyatini beradi.
Shuningdek, dasturning asosiy maqsadi — turli iqtisodiy va geografik hududlardagi yosh biznes yetakchilari va tadbirkorlarga innovatsiyalarning yangi shakllarini qoʻllab-quvvatlash, yetakchilikni kuchaytirish, Oʻzbekiston va AQShda xususiy sektorning iqtisodiy oʻsishi uchun zarur boʻlgan tajribalarni berish.
Dasturda yutganlar quyidagi tashkilotlardan biriga joylashtiriladi:
- kichik yoki o'rta tadbirkorlik subyekti;
- yirik kompaniya;
- universitet;
- notijoriy tashkilot;
- davlat agentligi;
- startap akselyatori.
Dasturning o'tkazilish vaqti: iyul-avgust oylari, 2024-yil.
Dasturning oldingi qatnashchilari va ularning tajribalari haqida ushbu havoladan batafsil bilib olish mumkin.