Yosh tadbirkorlar uchun xalqaro World Entrepreneurs Investment Forum (WEIF) 2022 da bepul ishtirok etish imkoniyati
Birlashgan Arab Amirliklari Birlashgan Arab Amirliklari
01 Mar, 2022 · Muddat tugagan

Yosh tadbirkorlar uchun xalqaro World Entrepreneurs Investment Forum (WEIF) 2022 da bepul ishtirok etish imkoniyati

Konferensiya Bepul ishtirok

Tavsif

2022-yilning 28-31-mart kunlari Birlash Arab Amirliklarining Dubay koʻrgazmasida “Yillik investitsiya yigʻilishi-2022” ning ajralmas qismi sifatida BAA vitse-prezidenti va Bosh vaziri, Dubay hukmdori Shayx Muhammad bin Rashid Al Maktum tashabbusi bilan “Jahon tadbirkorlik investitsiya forumi” (WEIF) 2022 uchun arizalar qabul qilish boshlandi.

WEIF — Birlashgan Millatlar Tashkilotining tadbirkorlik investitsiyalariga bagʻishlangan asosiy forumlaridan biri. WEIF tadbirkorlar va innovatorlarning farovon kelajak va global muammolarga barqaror yechimlarni taʼminlash uchun hamkorlik oʻrnatishdagi kuchini namoyish etishda muhim rol oʻynaydi.

Ushbu ulkan tadbirning hamkori sifatida ICYF barcha yoshlarni eng yaxshi xalqaro tajribalarni almashish va optimal qulay ekotizimni rivojlantirish vositalari boʻyicha tajriba almashish hamda butun dunyo boʻylab tadbirkorlar oʻrtasida aloqalar va biznes hamkorlar orttirish imkoniyatini taqdim etadi.

Ushbu forum gibrid tarzda boʻlib oʻtadi va ishtirokchilar onlayn yoki oflayn tarzda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • Forumda dunyo boʻylab yosh tadbirkorilar, ekspertlar, tadbirkorlar, innovatorlar, investorlar, akademiklar ishtirok etishi mumkin;
  • Individual yoki 5 kishigacha jamoaviy tarzda yagona startap gʻoya va biznes reja bilan ishtirok etish darkor;
  • Barcha jamoalar innovatsiyalarga qaratilgan BMTningBarqaror rivojlanish maqsadlarini aniq koʻrsatishlari kerak;
  • Forum ingliz tilida boʻlgani bois ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.

Dastur talablari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Forum ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladi:

  • Forumda tadbirkorlar oʻrtasida ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazish va qoʻshma investitsiyalarni rivojlantirish, hamkorlik va savdoni osonlashtirish maqsadida oʻzaro uchrashuvlar oʻtkazish uchun platforma yaratish maqsad qilingan;
  • Ilgʻor tadbirkorlik treningi, individual murabbiylik mashgʻulotlarida ishtirok etadi;
  • Xalqaro ekspertlar bilan oʻzaro aloqa oʻrnatadi.

Dastur manfaatli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturda ishtirok etish uchun ushbu havola orqali onlayn roʻyxatdan oʻtish zarur.

Qo'shimcha ma'lumot

Forumdan koʻzlangan maqsad:

  • Mahalliy korxonalarni tashkil etish va kengaytirish uchun biznes hamkorlik va investitsiyalarni ragʻbatlantirish;
  • Hukumat va moliya institutlarining tadbirkorlik faoliyatini barqarorlashtirish boʻyicha ilgʻor tajribalarini taʼkidlash;
  • Birgalikda investitsiyalar va savdoni osonlashtirishni rivojlantirish uchun butun dunyodagi tadbirkorlar uchun platforma yaratish va b.

Forum mavzusi: “Achieving the SDGs through Entrepreneurship, Innovation and Investment Post COVID 19”

Oflayn tazrda 300-350 nafar, oflayn tarzda esa 10 000 nafar ishtirokchi qatnashishi rejalashtirilgan

Dastur haqida batafsil rasmiy havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Konferensiya

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18, Max: 30

  • Jins

    Erkak, Ayol

BAA Yosh tadbirkorlar uchun xalqaro World Entrepreneurs Investment Forum (WEIF) 2022 da bepul ishtirok etish imkoniyati
01 Mar, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.