Tavsif
Westerwelle Young Founders Programme — Westerwelle Yosh Tadbirkorlar Dasturi bozorlarni barqaror kelajak sari olib borishda oʻz hissasini qoʻshayotga 25 nafar yosh tijoratchilar uchun moʻljallangan 6 oylik dasturdir.
Dasturdan koʻzlangan maqsad yosh tijoratchilarning yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirishga koʻmaklashish hamda taʼsischilar tashabbuslari orqali ularni qoʻllab-quvvatlashdan iborat. Dastur uch bosqichdan iborat:
- Kick-Off Conference - 2024-yil sentyabrda oʻtkaziladigan ikki kunlik raqamli (onlayn) boshlangʻich konferensiya;
- Remote Programme — 2024-yilning sentyabr-fevral (2025) oylarida shaxsiy murabbiy yordami, bitiruvchi talabalar bilan muloqotlar, har oy tengdoshlar bilan maslahatlashuvlar, har oy ekspert seminarlar va korporatsiyalar va investorlar bilan muloqot qilish imkoniyatlari mavjud boʻlgan 6 oylik dastur;
- Berlin Conference- 10 ta eng yaxshi ishtirokchilar tanlab olinib, 2025-yil iyunda sarmoyadorlar bilan Berlin shahrida boʻlib oʻtadigan 5 kunlik konferensiya.
Ushbu dasturning dastlabki bosqichlarini muvaffaqiyatli yakunlagan 10 nafar eng yaxshi ishtirokchi Germaniyaning Berlin shahrida oʻtkaziladigan 5 kunlik konferensiyada ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladi. Ishtirokchilarning barcha xarajatlari tashkilot tomonidan qoplab beriladi. Ushbu konferensiya davomida taʼsischilar sarmoyadorlar oldida chiqish qilish, seminarlarda qatnashish, turli tadbirlarga qoʻshilish hamda zarur maʼlumot olish, qolaversa, ishtirokchilar bilan oʻzaro bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyish imkoniyatiga ega boʻlishadi.