Tavsif
The Study Foundation of the House of Representatives (Vakillik palatasi oʻquv fondi) bu AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya va sobiq Sovet Ittifoqi davlatlaridan boʻlgan yosh tadqiqotchilar uchun moʻljallangan dastur hisoblanib, dasturda Germaniya, Germaniyaning xalqaro masalalari yoki Berlinga oid tadqiqot olib borayotganlar ishtirok etishlari mumkin. Shuningdek, ishtirokchilar Berlindagi dastur davomida Germaniyaning siyosiy, ijtimoiy tizimi bilan tanishishlari hamda Berlin vakillik palatasi bilan davomiy munosabatlarni yoʻlga qoʻyishlari mumkin boʻladi.
Dastur gʻoliblari Berlin universitetida 1 yillik oʻqish uchun grantni qoʻlga kiritishadi. Dastur davomida turar-joy xarajatlari grant maʼmuriyati tomonidan qoplanadi hamda ishtirokchilar har oy stipendiya bilan taʼminlanadi. Dastur yakunlanganidan keyin esa ishtirokchilar oʻz davlatlariga qaytib ketishlari kerak boʻladi. Grantga arizalarni qabul qilish jarayoni 2023-yil 15-dekabrgacha davom etadi.
Dastur haqida toʻliq maʼlumotni ushbu havola orqali nemis tilida dasturning rasmiy sahifasidan topish mumkin.
Dastur haqida ingliz tilidagi batafsil maʼlumotlarni ushbu havola orqali topish mumkin.