Yosh tadqiqotchilar uchun xarajatlari qoplanadigan 1 haftalik yozgi oromgoh — Hogwarts Camp 2026
O‘zbekiston O‘zbekiston
19 Mar, 2026 · Muddat tugagan

Yosh tadqiqotchilar uchun xarajatlari qoplanadigan 1 haftalik yozgi oromgoh — Hogwarts Camp 2026

Yozgi maktab To'liq moliyalash

Tavsif

Yangi Oʻzbekiston Universiteti (NewUU) tomonidan oʻz gʻoyasi ustida tadqiqot olib bormoqchi boʻlgan intiluvchan yoshlar uchun 1 haftalik yozgi oromgoh — Hogwarts Camp 2026 taqdim etiladi.

Dastur davomida ishtirokchilarga yoʻnalishlar boʻyicha taklif qilgan gʻoyalari ustida mentorlar koʻmagida tadqiqot olib borish imkoniyati beriladi. Har bir loyiha uchun 6 nafar ishtirokchi saralab olinadi.

Dasturning asosiy maqsadlari:

  1. Tadqiqot koʻnikmalarini rivojlantirish: Ilm-fan, texnologiya, muhandislik, matematika va siyosatshunoslik sohalarida qimmatli bilim va amaliy tajriba orttirish. Buning uchun interaktiv seminarlar va tadqiqot jamoasi bilan davra suhbatlari tashkil etiladi.
  2. Jonli hamjamiyatga qoʻshilish: Doimiy doʻstlik aloqalarini oʻrnatish, NewUU va undan tashqaridagi talabalar, mentorlar va professorlar bilan tarmoq yaratish, shuningdek, Hogwarts School of Witchcraft and Wizardryʼdagi hayot bilan yaqindan tanishish.
  3. Yosh yetakchilarni shakllantirish: Kelajak loyihalari ustida ishlaydigan, Oʻzbekistonning kelajakdagi muammolarini hal qiladigan yosh olimlar, yetakchilar va jamiyat faollaridan iborat hamjamiyat yaratish.

Loyiha yoʻnalishlari:

  • IT;
  • Ekologiya va muhandislik;
  • Taʼlim;
  • Biznes va iqtisodiyot;
  • Biokimyo va tibbiyot;
  • Siyosat va ijtimoiy fanlar;
  • Turizm.

Loyiha va tadqiqotlar ustida ishlash 2026-yilning may, iyun va iyul oylarida oʻtkaziladi va ishtirokchilarga 2026-yilning avgust oyida Toshkent yaqinidagi togʻlarda joylashgan “Renaissance Camp”da 1 haftalik bootcampda qatnashish imkoniyati beriladi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Dasturda maktab oʻquvchilari, universitet talabalari va Gap Year students (oʻquv bosqichlari orasida 1 yil tanaffus olgan talabalar) qatnashishi mumkin;
  • Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim;
  • Har bir tanlangan loyihaning ichki talablariga ham javob berish kerak.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Dasturda bepul qatnashish mumkin;
  • Turar joy bilan taʼminlanadi;
  • Tajribali mutaxassislar tomonidan mentorlik yordami koʻrsatiladi;
  • Investitsiya olish imkoniyati beriladi;
  • 100%, 50% va toʻliq grantlar (1,700,000 soʻm) taqdim etiladi va u quyidagilarni qoplaydi:
    • Kuniga 4 mahal ovqat;
    • Renaissance Campʼga borish transport xarajatlari;
    • Sovgʻalar.

Topshirish jarayoni

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Ariza topshirish bosqichlari:

  • Birinchi bosqich: Qisqa insho va CV topshirish.
  • Ikkinchi bosqich: Tadqiqot qobiliyatlarini aniqlash uchun case study bajarish.
  • Uchinchi bosqich: Intervyu. Bunda ishtirokchilarning xulq-atvori va tajribasini tahlil qiluvchi ijodiy savollar beriladi.

Hujjat topshirishda quyidagilar soʻraladi:

  • Shaxsiy maʼlumotlar;
  • Aloqa maʼlumotlari;
  • Ota-onasi haqida maʼlumotlar;
  • Yashash manzili;
  • Oʻqish joyi haqida maʼlumotlar;
  • Nomzodda mavjud ijtimoiy tarmoqlar;
  • CV;
  • Loyiha yoʻnalishi tanlanadi:
    • Empowering Small Businesses;
    • Institutions and Inequality;
    • Private AI Systems;
    • Smart Energy Systems;
    • Wastewater treatment;
    • Applied Biochemistry in Health Research;
    • Global management;
    • Institutions, Inequality and Houshold Welfare;
    • AI in Tourism Industry;
    • Smart Demand Forecasting System;
    • Virtual Property and digital ownership;
    • Teacher Indentity Lab;
    • AI Agent Training on Company Data;
    • GreenCycle Project.
  • Loyihaga doir savollarga javob.

Eslatma: Grantga ariza topshirish uchun badal sifatida 25,000 soʻm miqdorida hissa qoʻshish soʻraladi.

Ariza toʻliq ingliz tilida toʻldiriladi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Yozgi maktab

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Yosh tadqiqotchilar uchun xarajatlari qoplanadigan 1 haftalik yozgi oromgoh — Hogwarts Camp 2026
19 Mar, 2026
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.