Yosh tijoratchilar uchun yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan 6 oylik Westerwelle Young Founders Programme dasturi. Ishtirokchilar Berlinda o’tkaziluvchi 5 kunlik konferensiyaga borish imkoniyatiga ham ega bo'lishlari mumkin
Germaniya Germaniya
02 Sen, 2021 · Muddat tugagan

Yosh tijoratchilar uchun yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan 6 oylik Westerwelle Young Founders Programme dasturi. Ishtirokchilar Berlinda o’tkaziluvchi 5 kunlik konferensiyaga borish imkoniyatiga ham ega bo'lishlari mumkin

Kurslar Qisman moliyalash

Tavsif

Westerwelle Young Founders Programme - Westerwelle Yosh Tijoratchilar Dasturi bozorlarni barqaror kelajak sari olib borishda o’z hissasini qo’shayotgan 25 nafar yosh tijoratchilar uchun mo’ljallangan 6 oylik dasturdir.

Dastur maqsadi - yosh tijoratchilarning yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirishga ko’maklashish hamda ta’sischilar tashabbuslari orqali ularni qo’llab-quvvatlashdan iborat.

Dastur uch bosqichdan iborat:

Kick-Off Conference - 2021-yilning oxirgi haftasida o’tkazilinadigan 2 kunlik raqamli boshlang’ich konferensiya;

Remote Programme - 2021-yilning Oktyabr oyidan 2022-yilning mart oyiga qadar shaxsiy murabbiy yordami, bitiruvchi studentlar bilan muloqotlar, har oy tengdoshlar bilan maslahatlashuvlar, har oylik ekspert seminarlar va korporatsiyalar va investorlar bilan muloqot qilish imkoniyatlari mavjud bo’lgan 6 oylik dastur;

Berlin Conference- 10 ta eng yaxshi ishtirokchilar tanlab olinib, 2022-yil bahorida sarmoyadorlar bilan Berlin shahrida bo’lib o’tadigan 5 kunlik konferensiya.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Oxirgi besh yil ichida rivojlanishni boshlayotgan yoki rivojlanayotgan bozorlarga yo’naltirilgan tijorat kompaniyasini boshlagan bo’lish;
  • Kompaniya daromad olayotgan yoki tashqi tomondan birinchi moliyaviy yordam (investitsiya, grant) olgan bo'lishi;
  • Asos solingan biznesning sanoat sifatini, ta'sirini yoki inklyuzivligini oshirish imkoniyatiga ega bo'lishi;
  • Ingliz tili bilish darajasining yaxshi bo’lishi;
  • Raqamli konferensiyalarga qatnashishga hamda 6 oy davomida dasturga qatnashish imkoniga ega bo’lishi.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Shaxsiy murabbiy yordami, bitiruvchi studentlar bilan muloqotlar, har oy tengdoshlar bilan maslahatlashuvlar, har oylik ekspert seminarlar va korporatsiyalar va investorlar bilan muloqot qilish imkoniyatlari (Remote Programme dasturi doirasida);
  • 5 kun mobaynida Berlinda o’tkaziluvchi konferensiyaga yo’llanma olish imkoniyati;
  • Konferensiya davomida ta'sischilar sarmoyadorlar oldida chiqish qilish, seminarlarda qatnashish, tarmoq tadbirlariga qo'shilish hamda zarur ma'lumot olish imkoniyatlariga ega bo'lishadi.

Topshirish jarayoni

Arizalar onlayn tarzda quyidagi havola orqali topshiriladi.

Arizada talab qilinuvchi hujjatlar:

  • StartUp haqidagi asosiy ma’lumotlar ko’rsatilgan qisqacha prezentatsiya;
  • Asosiy moliyaviy ma’lumotlar (moliyalashtirish, daromadlar haqida);
  • Ariza topshiruvchining LinkedLn profili hamda Rezyume\ CVsi;

Eslatma: Arizalarni to’liq topshirish talab etiladi, to’liq topshirilgan arizalargina ko’rib chiqiladi!

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Kurslar

  • Moliyalashtirish

    Qisman moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili

Germaniya Yosh tijoratchilar uchun yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan 6 oylik Westerwelle Young Founders Programme dasturi. Ishtirokchilar Berlinda o’tkaziluvchi 5 kunlik konferensiyaga borish imkoniyatiga ham ega bo'lishlari mumkin
02 Sen, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.