Tavsif
Xalqaro Global Policy and Dialogue tashkiloti 2025-yil 12-15-dekabr kunlari Turkiya davlatining Istanbul shahrida boʻlib oʻtadigan Global Change Summit 2025 dasturini eʼlon qiladi. Dasturda uch kategoriya boʻyicha qatnashish mumkin:
- Toʻliq moliyalashtiriladigan (Fully Funded)- $15.9 badal puli mavjud.
- Qisman moliyalashtiriladigan (Summit Acsess Only)- $199 badal puli mavjud;
- Ishtirokchi tomonidan moliyalashtiriladigan (Self-Funded)- $499 badal puli mavjud.
Dasturda akademik holati va fuqaroligidan qatʼi nazar barcha nomzodlar ishtirok etishi mumkin. Nomzodlar oʻz ishtiroklari orqali xalqaro siyosatga oʻz hissasini qoʻshish va oʻzgartirish kiritish, xalqaro yetakchilar va turli soha mutaxassislari bilan tajriba almashish imkonini qoʻlga kiritishadi. Toʻliq moliyalashtiriladigan kategoriyada nomzodlarning yoʻl xarajatlaridan tortib, turar-joy va oziq-ovqat xarajatlarigacha barchasi dastur maʼmuriyati tomonidan qoplanadi.
Dasturga roʻyxatdan oʻtish jarayoni 2025-yil 15-oktyabr.
Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.