Tavsif
18-19-avgust kunlari Tataristonning Qozon shahrida uchinchi bor “BRICS and SCO Young Leaders Award” dasturi tashkil etiladi. Bu dastur BRICS va ShHT aʼzo davlatlaridan boʻlgan yosh yetakchilarni aniqlash va qoʻllab quvvatlash maqsadida tashkil qilingan.
Dastur gʻoliblari quyidagi 5 nominatsiya boʻyicha aniqlanadi:
- Yilning eng yosh Media influenseri;
- Yilning eng yaxshi ijtimoiy yechimi;
- Yilning eng yaxshi tadqiqot&innovatsion loyihasi;
- Yilning eng yaxshi xalq diplomatiyasi loyihasi;
- Yilning eng yaxshi eko-tashabbuskori.
Dastur gʻoliblariga mukofot kubogi, dastur buyumlari, Mukofot Tashkilotchilar Qoʻmitasining rasmiy sertifikati, shuningdek, Qozondagi rasmiy marosim hamda tegishli professional va madaniy tadbirlarda qatnashish uchun taklifnoma taqdim etiladi.
Dasturga arizalarni qabul qilish jarayoni 2025-yil 17-iyul, Oʻzbekiston vaqti bilan 18-iyul 01:59 gacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.