Yosh yetakchilar uchun Tällberg jamgʻarmasi tomonidan Global Leadership Prize tanlovi. Bosh mukofot — $50,000!
Shvetsiya Shvetsiya
14 May, 2024 · Muddat tugagan

Yosh yetakchilar uchun Tällberg jamgʻarmasi tomonidan Global Leadership Prize tanlovi. Bosh mukofot — $50,000!

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Tällberg-SNF-Eliasson Global Leadership Prize uchun arizalar qabuli boshlagani e'lon qilinadi. Tällberg jamg‘armasi yangi dunyo uchun yangicha fikrlashni rag‘batlantirish maqsadida jamiyatni qiyinlashtiradigan va o‘zgartiradigan muammolarni o‘rganadi.

Stavros Niarchos Foundation (SNF) dunyodagi yetakchi xususiy, xalqaro xayriya tashkilotlaridan biri bo‘lib, nodavlat notijorat tashkilotlariga sanʼat va madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport hamda ijtimoiy taʼminot sohalarida grantlar ajratadi. 2025-yil uchun  o‘tkaziladigan Global Leadership Prize tanlovi  global miqyosdagi ijobiy o‘zgarishlarni innovatsion hamda axloqiy yo‘llar bilan amalga oshiradigan yosh liderlarni taqdirlaydi.

Saralash bosqichi quyidagicha amalga oshiriladi:

Tanlov uchun nomzodlar dastlabki hakamlar hay'ati tomonidan ko‘rib chiqiladi. Bunda nomzodlarning tanlovning umumiy mezonlariga mos kelishi aniqlanadi. Bu bosqichdan so‘ng, xalqaro hakamlar hay'ati tomonidan saralangan nomzodlar ko‘rib chiqiladi hamda bugungi kunda zarur bo‘lgan lider turlarini eng yaxshi namuna sifatida ko‘rsata olgan insonlar tanlab olinadi.

G‘oliblar  pul mukofoti bilan taqdirlanadilar hamda  virtual o‘tkaziladigan g‘oliblarni taqdirlash marosimiga taklif qilinadi.

Tanlov bilan batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Tanlov uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishlari kerak:

  • Nomzodlar har qanday mamlakatdan va har qanday sohadan liderni taklif qilishi mumkin, masalan, siyosatchilar, davlat arboblari, olimlar, oʼqituvchilar, ijtimoiy biznes rahbarlari, bosh direktorlar, ekologlar, rassomlar, diniy va harbiy rahbarlar va boshqalar;
  • XXI asrdagi muammolarni innovatsion va estetik yo‘llar bilan hal qilish istagi hamda salohiyatini namoyon eta oladigan bo‘lishlari kerak;
  • Nomzodlarning faoliyati hamda ish ko‘lamlari taʼsir nuqtayi nazaridan global darajada bo'lishi va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan bo‘lishi kerak.

Tanlovning maqbullik shartlari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Tanlov g‘oliblari quyidagi imtiyozlarga ega bo‘ladilar:

  • Katta ish tajribasiga ega bo‘lgan hamda hakamlar hay'atining fikriga ko‘ra, o‘zlari tanlagan sohada muhim, ijobiy hissa qo‘shishda davom etishi kutilayotgan 3 nafar yetakchi nomzod tanlab olinadi hamda pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Ushbu  mukofotning har biri $50,000 ni tashkil qiladi;
  • Barcha g‘oliblar virtual Global Leadership taqdirlash marosimiga  taklif qilinadilar.

Tanlov imtiyozlari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

Topshirish jarayoni

  • Tanlovda qatnashish uchun onlayn ariza topshiriladi;
  • Arizalar ingliz tilida to‘ldirilish kerak;
  • Arizalar 2024-yilning 15-mayigacha to‘ldirib yuborilishi kerak.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Shvetsiya Yosh yetakchilar uchun Tällberg jamgʻarmasi tomonidan Global Leadership Prize tanlovi. Bosh mukofot — $50,000!
14 May, 2024
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.