Tavsif
Yosh yetakchilar uchun Portugaliyada xarajatlari qoplanadigan 4 kunlik sammi — Global Vision Assembly Summit 2026 taqdim etiladi. Dastur uchun 200 nafar ishtirokchi saralab olinadi. Ulardan 20 nafari toʻliq moliyalashtiriladi, 40 nafari qisman moliyalashtiriladi va 140 nafari dasturga toʻgʻridan toʻgʻri kirish imkoniyatini qoʻlga kiritadi.
Sammit mavzusi — Empowering Future Leaders, Policy & Global
Impact.
Dastur dunyodagi eng katta yigʻinlardan biri boʻlib, ushbu dinamik platforma iqlim oʻzgarishi, tengsizlik, barqaror rivojlanish va texnologiya kabi global muammolarni hal qilish uchun hamkorlik, innovatsiya va harakatni ragʻbatlantiradi.
Sammit Yevropa — Portugaliyada 2026-yil 25-28-iyun kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Tarixiy merosi va rivojlanishga intilgan ruhi bilan mashhur boʻlgan shahar fonida sammit oʻzgarishlar uchun zarur boʻlgan koʻnikma va bilimlarni egallash hamda global aloqalarni yaratish imkoniyatini taklif etadi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.