Tavsif
2024-yil 4-9-mart kunlari “WikiTaʼlim” loyihasi doirasida yana bir WikiOromgoh tashkillashtirilmoqda. Unda Oʻzbekistondagi barcha oliygohlardan faol yoshlar bir yerga jamlanib, bir necha kun davomida oʻzbekcha Vikipediyada sahifa yaratish, maqola joylash hamda ularni tahrirlash saboqlarini olishadi. Shuningdek, olgan bilimlarini oʻzlarining oliygohlaridagi boshqa talablarga oʻrgatishadi.
Оromgohda talabalar madaniy hordiq chiqarib, turli dasturlar orqali oʻzlarining iqtidorlarini namoyish etishlari mumkin. Oromgoh xarajatlari toʻliq Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplab beriladi.
Mazkur dasturda Oʻzbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalaridan faqat bir nafardan faol talaba jalb qilinadi.