Tavsif
Mountain Culture at Banff Centre for Arts and Creativity markazi The Mountain Photo Essay Competition — Togʻli fotosuratlar tanlovi dasturini eʼlon qiladi. Ushbu dastur professional hamda havaskor fotograflarga togʻ tajribasi, gʻoyalari va qarashlari bilan boʻlishish, ilhomlanish imkoniyatlarini yaratadi. Bu orqali togʻli hududlarni koʻproq oʻrganish hamda qadrlashni ragʻbatlantirish koʻzda tutilgan. Tanlovda biror hikoya yoki xabarni yetkazishga qaratilgan rasmlar ketma-ketligi bilan qatnashish mumkin. Nomzodlar dasturda madaniyat, sarguzasht, yovvoyi tabiat, sport, atrof-muhit yoki tabiat tarixi haqidagi tasvirlar bilan qatnasha olishadi. Tanlovning dastlabki bosqichida yuqori aniqlikdagi tasvirlar talab qilinmaydi. Dasturda yosh chegarasi belgilanmagan boʻlib, har qanday professional yoki havaskor fotograflar qatnashishi mumkin. Bosh mukofot $3000 CDN qilib belgilangan. Bundan tashqari gʻolib boʻlgan ishlar 2025 Banff Centre Mountain Film and Book Festival koʻrgazmasida namoyish etilishi koʻzda tutilgan.
Dasturga qabul 2025-yil 5-mayda tugatilib, 2025-yilning iyun oyida gʻoliblar eʼlon qilinadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʻlumot olish mumkin.