Yoshidan qatʼi nazar barcha uchun Buyuk Britaniyaning nufuzli Kembrij universitetidan bepul onlayn kurslar
Buyuk Britaniya Buyuk Britaniya
30 Dek, 2025 · Muddat tugagan

Yoshidan qatʼi nazar barcha uchun Buyuk Britaniyaning nufuzli Kembrij universitetidan bepul onlayn kurslar

Kurslar Bepul ishtirok

Tavsif

Buyuk Britaniyaning eng nufuzli Kembrij universiteti 800 yildan ortiq vaqt davomida koʻplab kashfiyotlarga sabab boʻlgan tadqiqotlarini olib bormoqda. Uning talabalari va tadqiqotchilari innovatsion yangilik yaratishga, dunyodagi oʻzgarishlarga ijobiy hissa qoʻshishga intiluvchi olimlardan iborat. Kembrij universiteti tomonidan bepul onlayn kurslar taqdim etiladi.

Dasturdan asosiy maqsad butun dunyo boʻylab yoshlarni taʼlim olish, oʻrganish va tadqiqot qilishga intilishga ragʻbatlantirishdan iborat. Bundan tashqari, universitet butun dunyo boʻylab oʻquvchilarga Kembrijning bilim va kashfiyotga boʻlgan ishtiyoqidan bahramand boʻlish imkoniyatini beradi.

Dastur doirasida quyidagi kurslar taqdim etilmoqda:

Maʼlumot uchun: Universitetda olib borilgan atomni parchalashga va DNK tuzilishini tushunishga olib kelgan kashfiyotlar bugungi kunda iqlim oʻzgarishini yumshatishdan tortib, keyingi pandemiyaning oldini olish va ijtimoiy tengsizliklarni hal qilishgacha boʻlgan dunyodagi eng dolzarb muammolarni hal qilishga yordam beradi. Global miqyosdagi xilma-xil fikrga ega odamlardan iborat hamjamiyatga ega boʻlgan universitetda 100 dan ortiq mamlakatlardan 19 000 dan ortiq talabalar taʼlim oladi. Hozirda butun dunyo boʻylab 200 000 nafar bitiruvchilari mavjud.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Yoshi va kelib chiqishidan qatʼi nazar dasturga qiziqqan barcha qatnashishi mumkin;
  • Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim;
  • Nomzodlar tanlangan kurs boʻyicha boshlangʻich bilimga ega boʻlishlari kerak.

Eslatma: Yuqoridagilar nomzodlarga qoʻyilgan umumiy talablardir. Shuning uchun tanlangan kursning ichki talablari bilan ham tanishib chiqish lozim.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Ishtirokchilar tanlangan kurslarni istalgan paytda bepul oʻrganishlari mumkin;
  • Dastur masofaviy (onlayn) shaklda oʻtkaziladi;
  • Kurslar universitetning eng mahoratli professorlari tomonidan olib boriladi.

Muhim: Kurs qatnashchilari maʼlum miqdordagi toʻlovni amalga oshirish orqali Kembrij universiteti tomonidan rasmiy tasdiqlangan sertifikatga ega boʻlishlari mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali kerakli kursni tanlab ariza topshirishi mumkin.

Eslatma: Ariza toʻliq ingliz tilida toʻldirilishi kerak.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Kurslar

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Buyuk Britaniya Yoshidan qatʼi nazar barcha uchun Buyuk Britaniyaning nufuzli Kembrij universitetidan bepul onlayn kurslar
30 Dek, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.