Yoshidan qatʼi nazar barcha uchun hikoya yozish/aytish qobiliyatini rivojlantirish boʻyicha beрul 2 haftalik mentorlik dasturi

Yoshidan qatʼi nazar barcha uchun hikoya yozish/aytish qobiliyatini rivojlantirish boʻyicha beрul 2 haftalik mentorlik dasturi

  • 01/07/2024 Qabul boshlanishi
  • Bepul Moliyalash turi
  • Qirgʻiziston Davlat
  • 18/07/2024 22:59 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Maktab o'quvchilari (9-sinfgacha), Maktab o'quvchilari (yuqori sinflar), O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Online Museum of Central Asian Women dasturi tarix, sanʼat, siyosat, taʼlim va ilm-fan sohalarida Markaziy Osiyo davlatlari hisoblanmish Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirgʻiziston ayollarining roli va ahamiyatini oshirish maqsadida tashkil etilgan. Tanlovda Markaziy Osiyo davlatlaridan boʻlgan ingliz tilini biladigan istalgan jins va yosh vakillari qatnashishlari mumkin. Dasturda qatnashchilar oʻzlari, opa-singillari yoki buvilari haqidagi hikoyalarni boʻlishishlari mumkin boʻladi. Ishtirokchilar Markaziy Osiyo va Afgʻonistondan boʻlgan tajribali jurnalistlar bilan 2024-yil 22-iyuldan 4-avgustgacha ikki hafta mobaynida onlayn mentorlik darslari olish imkonini qoʻlga kiritishadi.

Dasturga arizalarni qabul qilish jarayoni 2024-yil 18-iyul sоat 22:59  gacha davom etadi.

Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Maqbullik shartlari

Tanlovda qatnashish uchun quyidagi talablar mavjud:

  • Dasturda Markaziy Osiyo davlatlaridan boʻlgan istalgan jins va yosh vakillari qatnashishlari mumkin;
  • Nomzodlar ingliz tilini bilishlari kerak;
  • Shuningdek, ishtirokchilar hikoyalar yozish va ularni ulashishga tayyor boʻlishlari lozim;
  • Qatnashchilar 2024-yil 22-iyuldan 4-avgustgacha ikki hafta mobaynida onlayn mentorlik darslarida qatnasha olishga tayyor boʻlishlari zarur. 

Foydali tomonlari

Dasturning quyidagi foydali jihatlari mavjud:

  • Ishtirokchilar Markaziy Osiyo va Afgʻonistondan boʻlgan tajribali jurnalistlar bilan ikki hafta mobaynida onlayn mentorlik darslarida qatnashish imkonini qoʻlga kiritishadi;
  • Dastur davomida jurnalistlar nomzodlarning hikoyalarini toʻgʻrilash, rivojlantirish hamda taʼsirli chiqishiga yordam berishadi;
  • Tanlov soʻnggida nomzodlarning hikoyalari Markaziy Osiyo ayollarining hayoti va yutuqlarini nishonlash uchun tashkil qilingan onlayn muzeyda namoyish qilinadi;
  • Shuningdek, ishtirokchilar hikoyalarini yozish va ulashishdan tashqari seminarlar va mentorlik darslari orqali hikoya aytish sanʼatini ham rivojlantirishlari mumkin;
  • Tanlov doirasida ishtirokchilar bir-birlari bilan fikr almashish, yangi bilimlarni oʻrganish va tanish orttirish imkonini ham qoʻlga kiritishadi.

Hujjat topshirish

  • Dasturga ushbu havola orqali ariza topshirish mumkin.
  • Saralash jarayonida ariza shaklida soʻralgan 50-100 soʻzdan iborat hikoyaning qisqacha mazmuni va nomzodlarning hikoyachilik, jurnalistika va yozuvchilik borasidagi tajribalari haqidagi maʼlumotlar inobatga olinadi.
  • Dasturga 20 nomzod saralab olinadi va ular 21-iyulgacha e-mail orqali eʼlon qilinadi.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Dasturga 20 nomzod saralab olinadi va natijalar 2024-yil 21-iyulgacha e-mail orqali eʼlon qilinadi.

Qirgʻiziston
Yoshidan qatʼi nazar barcha uchun hikoya yozish/aytish qobiliyatini rivojlantirish boʻyicha beрul 2 haftalik mentorlik dasturi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar