Tavsif
Kanada davlati tomonidan tashkillashtirilgan The Discover Canada – Cultural Exchange Program dasturi Kanadaning boy tarixi, xilma-xilligi, madaniyati va uning jahon miqyosida tutgan oʻrnini dunyo xalqlariga tanitish maqsadida tashkillashtirilgan. Dasturda yoshi, millati va akademik darajasidan qatʼi nazar ijtimoiy tarmoqlarda faol, ingliz tilini muloqot darajasida biladigan barcha nomzodlar qatnashishlari mumkin. Dastur 5 kun (2025-yil 20-25-may) davom etadi va bu jarayonda qatnashchilar Kanadaning Toronto, Montreal, Ottava, Hamilton shaharlari, Niagara sharsharasi kabi diqqatga sazovor joylarida boʻlish va bu jarayonda tabiat qoʻyniga sayohat qilish, qayiqda sayr qilish, muzeylarga tashrif buyurish imkoniga ega boʻlishadi. Dasturga 25 ta ishtirokchi saralab olinadi va ularning Kanada sayohatidagi barcha xarajatlari qoplab beriladi.
Dasturga qabul jarayoni 2025-yil 18-martgacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.