Tavsif
Koreya davlati tomonidan The Korean Times tashabbusi ostida birinchi bor Korean Language Speaking Contest 2024 tashkil qilindi. Tanlovda koreys tilini biladigan barcha fuqarolar, shuningdek, ona tili koreys tili boʻlmagan, etnik jihatdan koreys millatiga mansub nomzodlar ishtirok etishlari mumkin. Dasturda qatnashish uchun nomzodlar koreys madaniyatiga qiziqishlari yoki nima uchun bu tilga mehr qoʻyganliklarini haqida 3 daqiqalik videoda yoritib bera olishlari soʻraladi. Besh nominatsiya boʻyicha jami 9 ta nomzodga jami 4 million 800,000 von (taxminan $3550) miqdorda mukofot puli ajratiladi.
Dasturga qabul jarayoni 2024-yil 4-martdan 28-aprelgacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.