Yoshidan qatʼi nazar barcha uchun Pensilvaniya universitetidan turli fanlar boʻyicha bepul onlayn kurslar
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
30 Dek, 2025 · Muddat tugagan

Yoshidan qatʼi nazar barcha uchun Pensilvaniya universitetidan turli fanlar boʻyicha bepul onlayn kurslar

Kurslar Bepul ishtirok

Tavsif

AQShdagi eng yaxshi oʻnta universitet qatoriga kiruvchi Pensilvaniya universiteti (Penn yoki UPenn) turli fanlar boʻyicha bepul onlayn kurslarni taqdim etadi.

Dasturdan asosiy maqsad yoshi va kelib chiqishidan qatʼiy nazar barcha uchun dunyoning istalgan nuqtasida turib oʻziga kerakli yoʻnalish boʻyicha bilim olish imkoniyatini yaratishdan iborat.

Universitet quyidagi kurslarni taqdim etadi:

Maʼlumot uchun: Pensilvaniya universiteti 1740-yili tashkil topgan boʻlib, AQShning eng katta va nufuzli tadqiqot universiteti hisoblanadi. Universitetda butun dunyo boʻylab 20 000 dan ortiq talaba tahsil oladi.

Dastur haqida batafsil ushbu ilova orqali tanishib chiqish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Dunyo boʻylab yoshi va millatidan qatʼiy nazar barcha ishtirok etishi mumkin;
  • Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim (sertifikat soʻralmaydi);
  • Nomzodlar tanlangan kurs boʻyicha boshlangʻich bilimga ega boʻlishlari kerak.

Eslatma: Yuqoridagilar nomzodlarga qoʻyilgan umumiy talablardir. Shuning uchun tanlangan kursning ichki talablari bilan ham tanishib chiqish lozim.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Ishtirokchilar tanlangan kurslarni istalgan paytda bepul oʻrganishlari mumkin;
  • Dastur onlayn shaklda oʻtkaziladi;
  • Kurslar universitetning eng mahoratli professorlari tomonidan olib boriladi.

Muhim: Ishtirokchilar kichik toʻlov evaziga universitet tomonidan rasmiy tasdiqlangan sertifikatga ega boʻlishlari mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali kerakli kursni tanlab, ariza topshirishi mumkin.

Eslatma: Ariza toʻliq ingliz tilida toʻldirilishi kerak.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Kurslar

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

AQSh Yoshidan qatʼi nazar barcha uchun Pensilvaniya universitetidan turli fanlar boʻyicha bepul onlayn kurslar
30 Dek, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.