“Bilim uchun 100 million” loyihasi ommabop loyiha boʻlib, unda Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlgan barcha — maktab oʻquvchilari, professional taʼlim muassasalari oʻquvchilari, abituriyentlar, talabalar va kattalar ham ishtirok etishlari mumkin.
Mazkur loyihani oʻtkazishdan maqsad — yurtimizda bilim olishni ommalashtirish va bilimdonlarni kashf etishdan iborat.
Loyiha ikki bosqichda: birinchi bosqich onlayn (1-apreldan 20-avgustgacha), ikkinchi bosqich oflayn shaklda (20-avgustdan keyin, Mustaqillik bayrami arafasida) oʻtkaziladi.
Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilardan @bilimtestbot dan roʻyxatdan oʻtishlari soʻraladi.
@bilimtestbot Telegram botida har haftada yangi savollar taqdim etiladi. Foydalanuvchilar hafta davomida istalgan vaqtda savollarni ishlashlari mumkin. Haftalik savollar soni 40 tani tashkil etadi. Savollar malakali ekspertlar tomonidan shakllantirilgan. Bir foydalanuvchiga tushgan savol boshqa bir foydalanuvchiga takroran tushmaydi. Buning uchun yetarli darajada savollar bazasi shakllantirilgan. 40 ta savolni ishlash uchun 1 soat vaqt beriladi. Savollarni ishlash uchun barcha yoʻnalishlarda kamida oʻrta darajada bilim boʻlishi talab etiladi.
Har haftada taqdim etilgan savollarni foydalanuvchilar ishlab, 20-avgustga qadar ball yigʻib boradilar. Har haftada eng yuqori natija koʻrsatgan TOP 50 nafar ishtirokchi ijtimoiy tarmoqlar va “Mening yurtim” telekanali orqali eʼlon qilib boriladi.
20-avgustga qadar @bilimtestbot taqdim etgan savollardan eng yuqori ball toʻplagan 100 nafar ishtirokchi Toshkent shahriga, olimpiadaning ikkinchi bosqichiga taklif etiladi.
Olimpiadaning ikkinchi bosqichida @bilimtestbotʼda eng yuqori ball toʻplagan 100 nafar ishtirokchi oʻrtasida oflayn shaklda final olimpiadasi oʻtkaziladi. Finalda adolat mezonlarini taʼminlash uchun finalchilar qatʼiy nazorat qilinadi va gʻolib aniqlanadi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Dasturda qatnashish uchun nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:
Dastur maqbullik shartlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Dastur imtiyozli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Olimpiada ikki bosqichda: birinchi bosqich @bilimtestbot Telegram botida onlayn (1-apreldan 20-avgustgacha); ikkinchi bosqich oflayn shaklda (20-avgustdan keyin, Mustaqillik bayrami arafasida) Toshkent shahrida oʻtkaziladi. Beshinchi bosqich 9-mayga qadar @bilimtestbotʼda davom etadi.
20-avgustga qadar @bilimtestbot taqdim etgan savollardan eng yuqori ball toʻplagan 100 nafar ishtirokchi Toshkent shahriga, olimpiadaning ikkinchi bosqichiga taklif etiladi.