Yoshidan qatʼi nazar barcha uchun Vikipediyada maqola yaratish boʻyicha Viki-bahor — 2024 xalqaro tanlovi
O‘zbekiston O‘zbekiston
30 May, 2024 · Muddat tugagan

Yoshidan qatʼi nazar barcha uchun Vikipediyada maqola yaratish boʻyicha Viki-bahor — 2024 xalqaro tanlovi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Viki-bahor — 2024 tanlovi Vikipediyada maqola yaratish boʻyicha Wikimedia CEE Spring 2024 xalqaro tanlovining oʻzbekcha qismi sifatida tashkil etilmoqda. Mukofotlar ikki shaklda taqdim etiladi: ishtirok sertifikatlari va xalqaro mukofotlar.

Loyihaning maqsadi Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari tillaridagi Vikipediya boʻlimlari oʻrtasidagi hamkorlikni yaxshilash, olis-yaqindagi davlatlar haqida bilim darajasini oshirish, shuningdek, Vikipediyaning boshqa tillardagi boʻlimlarida Oʻzbekiston haqida kontent yaratilishiga hissa qoʻshishdir.

Tanlov 2024-yilning 31-martidan 31-mayiga qadar davom etadi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Tanlovda maqola yaratish va mavjud maqolalarni tahrirlash qobiliyatiga ega bo'lgan barcha fuqarolar ishtirok etishlari mumkin (roʻyxatdan oʻtish vaqti muhim emas);
  • Turli tillardagi maʼlumotni tarjima qilish mumkin.

Quyidagi mezonlarga javob beradigan maqolalar tanlovda koʻrib chiqiladi:

  • Maqola nomzod tomonidan 2024-yilning 31-martdan 31-mayiga qadar (Toshkent vaqti bilan) oʻzbek tilida yozilgan yoki sezilarli darajada toʻldirilgan boʻlishi kerak;
  • Maqolaning mavzusi maxsus keltirilgan roʻyxatlardan olinishi shart;
  • Yangi maqola kamida 200 ta soʻzdan iborat boʻlishi, hajmi esa kamida 2 500 bayt boʻlishi lozim;
  • Maqola mavzusi ensiklopedik ahamiyatga ega boʻlishi, maqolada nufuzli manbalar boʻlishi talab qilinadi;
  • Maqola mashina tarjimasidan iborat boʻlmasligi kerak.
  • Maqolada kamchiliklardan darak beruvchi andozalar (masalan, mustad, manbasiz, betaraflik va boshqalar) boʻlmasligi lozim.

Eslatma: Tanlov mezonlariga javob beradigan har bir maqola 1 ballda 3 ballgacha olishi mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • CEE Women, CEE Youth va CEE for Human Rights mavzularida maqola yaratgan eng yaxshi oʻnta ishtirokchi maxsus mukofot va sertifikat bilan taqdirlanadi;
  • Oʻzbekiston haqida kontent yaratilishiga hissa qoʻshish imkoniyati.

Topshirish jarayoni

  • Qatnashishni istaganlar tayyorlagan ishlarini ushbu havoladagi jadvalga belgilangan tartibda joylashlari kerak (tanlov ishtirokchilari buni mustaqil ravishda bajaradilar);
  • Yaratilgan maqolaning munozara sahifasida esa Viki-bahor 2024 andozasining tegishli parametrlarini koʻrsatgan holda qoʻshish lozim.

Eslatma: Tanlovda faqat jadvalga kiritilgan maqolalar koʻrib chiqiladi. Shuning uchun maqolalarni baholashda xatolikka yoʻl qoʻyilmasligi uchun tugallanmagan maqolalarni jadvalga kiritilmasligi maqsadga muvofiq.

Qo'shimcha ma'lumot

Yangi maqola yaratish oʻrniga, mavjud maqolalardan biriga maʼlumot va manbalar qoʻshib, ularni yaxshi holatga keltirish orqali ham tanlovda ishtirok etish mumkin. Ammo matndagi xatolarni tahrirlash va andozalarni qoʻshish kabi hissa bilan kifoyalangan holatlarga ball berilmaydi. Sanab oʻtilgan hissalar bilan bir qatorda, 200 tadan ortiq soʻz qoʻshilgan maqolalargina baholanadi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili, Koreys tili, Nemis tili, Fransuz tili, Yapon tili, Rus tili, O'zbek tili, Latviya tili, Xitoy tili, Italyan tili, Ispan tili, Rumin tili, Gоlland tili, Роrtugal tili, Pоlyak tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Yoshidan qatʼi nazar barcha uchun Vikipediyada maqola yaratish boʻyicha Viki-bahor — 2024 xalqaro tanlovi
30 May, 2024
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.