Tavsif
Telegram kompaniyasi barchaga Telegramning Android va iOS ilovalari uchun yangi ikona chizish boʻyicha tanlov taqdim etadi. Tanlovning umumiy mukofot jamgʻarmasi — 10,000 AQSh dollar. Sovrin eng yaxshi deb topilganlar oʻrtasida taqsimlanadi hamda munosiblari ilovada foydalanuvchilarga taklif qilinadi.
Tanlovda qatnashishni istagan nomzodlar kamida bitta ikona yaratishi hamda uni Android va iOS Telegram ilovalari uchun moslashi kerak. Har bir taklif qilingan ish foydalanishga tayyor boʻlishi yaʼni tashkilotchilar tomonidan hech qanday moslashtirish va sozlashga muhtoj boʻlmasligi lozim.
Dastur haqida batafsil ushbu ilova orqali maʼlumot olish mumkin.